So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

25 sen 17:52
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. O'zbekistonlik hakam Markaziy Osiyo mintaqasidan ilk bor Olimpiya o'yinlarida ishlaydi

Olimpiya o'yinlari ishtirok etish sport ichida yurgan har qanday soha vakillarining orzusi.

U xoh sportchi bo'lsin, jurnalist, hakam va hokazo. Kecha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga Xalqaro qilichbozlik federaciyadan kelgan rasmiy maktub Aida Hasanova uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Ushbu xatda xalqaro toifadagi hakam hamyurtimiz Aida Hasanovaning ism-sharifi kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar qatorida keltirib o'tilgan. Etiboringizga qilichbozlikning uch yo'nalishida ham yuqori saviyada hakamlik qila oladigan ushbu hamyurtimizning faoliyati va Olimpiada yo'llanmasi uchun bosib o'tgan yo'li mavzusida olgan intervyumizni havola qilamiz.

Hakamlikka qadam

Sportchi bo'lganimda rapirada jang qilganman. Atletlik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin bor etiborimni hakamlikka qaratdim. Musobaqalarda bellashib yurganimda ham faoliyatimni tugatsam, hakamlik qilishni niyat qilib qo'ygandim. 2014 yil Iordaniyada o'tkazilgan imtihonni alo bahoga topshirib, xalqaro toifadagi hakam darajasini oldim”.

Olimpiadada hakamlik qilish

“Olimpiada uchun hakamlar ham xuddi sportchilar kabi reyting ochkolarini yig'ib borishadi. 2014 yildan beri sekin-asta katta-katta musobaqalarda ishladim. Bu yil jahon chempionatining finallarida ham hakamlik qildim. Ayni paytda jamg'argan ballarim Tokio Olimpiadasida ishlash uchun etarli bo'ldi. Biroq kerakli ball yig'gan hamma ham Olimpiadaga bora olmaydi. Buning uchun Xalqaro qilichbozlik federaciyasining hakamlar komissiyasi ushbu nomzodlar orasida 30 ga yaqin eng sara referilarni tanlab oladi”.

Oldindagi rejalar

Men yoshligimdagi orzularimdan biriga erishdim. O'z ustimda ishlab, Olimpiada finalida ham hakamlik qilish uchun astoydil mehnat qilaman. Finalda sportchilar qatori hakamlarni ham butun dunyo diqqat bilan kuzatib boradi. Bu bilan to'xtab qolish yo'q, albatta. Tokiodan keyin Parij va Los-Anjeles Olimpiadalarida ishlaydigan hakamlar qatoriga kirish uchun ham harakat qilaman”.

Etiborli raqamlar

Aida Hasanova xalqaro toifadagi hakamlik darajasini olgandan beri Olimpiadachilar qatoriga kirish uchun 5 yil ishladi. Ushbu hamyurtimiz Tokioda faoliyat olib boradigan ayol hakamlar orasida yagona. SHuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidan Olimpiadada ishlaydigan birinchi hakam bo'ladi.

Tokio Olimpiadasida nafaqat sportchilar, balki hakamlar qatorida ham yurtdoshlarimizning faoliyat olib borishi biz uchun faxr. Zero, Aida Hasanovadek tajribali hakamlarimizning ko'payishi qilichbozlikning yurtimizdagi rivoji uchun ulkan xissa qo'shishi tabiiy. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Aida Hasanovaning kelajakdagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing