So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

21 dek 22:19
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. SHerzod Mamutov Rossiyadagi musobaqada sovrindor bo'ldi

Teglar :  Qilichbozlik
Novosibirsk shahrida 4 karra Olimpiya o'yinlari chempioni S.Pozdnyakov sovrini uchun qilichbozlikning sablya yo'nalishida Rossiya ochiq birinchiligi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada Rossiya va Qozog'iston sportchilaridan tashqari shu kunlarda Novosibirsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazayotgan o'zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etishdi.

O'g'il bolalar o'rtasidagi turnirda 133 nafar, qizlar o'rtasidagi bahslarda esa 99 nafar sportchi qatnashdi.

Quvonarlisi, o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHerzod Mamutov yarim finalgacha etib bordi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. Terma jamoamizning boshqa azosi Bobur Rasulov ham musobaqada eng kuchli 8 nafar qilichboz orasiga kirishga muvaffaq bo'ldi.

Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Zaynab Dayibekova 1/8 finalgacha etib bordi.

Qayd etish lozimki, Rossiyada ushbu musobaqa yakunlariga ko'ra mamlakat terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi va ushbu musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan rossiyalik yosh qilichbozlar terma jamoa safida jahon va Evropa chempionatlarida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Malumot uchun, 13-marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada ilk marotaba xorijiy qilichboz, yani SHerzod Mamutov sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing