So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 jan 22:29
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Toshkentda "Kinder Liga"ga start berildi

Teglar :  Qilichbozlik
Toshkentda qilichbozlik bo'yicha navbatdagi musobaqa boshlandi.

Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida 2007-2008 yy. va 2009-2010 yillarda tug'ilgan kichik yoshdagi bolalar orasida qilichbozlik bo'yicha “Toshkent yulduzlari” Ochiq Respublika bolalar turniri doirasida shpaga yo'nalishidagi musobaqaga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston qilichbozlik Federaciyasi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq Federaciya hamda Qilichbozlik Milliy Klubi hamkorligida qilichbozlik bo'yicha kichik yoshdagi iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida shu yilning 

20-22 yanvar kunlari (2007-2008 y.t.)13-12 yosh  va (2009-2010 y.t.)

11-10 yoshli  bolalar orasida qilichbozlikning shpaga, rapira, sablya yo'nalishlarida “Toshkent yulduzlari” Ochiq Respublika bolalar turniri o'tkazilmoqda. 

Qilichbozlik bo'yicha o'tkazilinayotgan mazkur bolalar musobaqasi mamlakatimizda 2019 yildan boshlab, fakatgina poytaxtimiz va Toshkent viloyati sportchilari orasida tashkil etilgan bo'lsa, endilikda uning ishtirokchilari nafaqat respublikamiz viloyatlari, balki yaqin MDH davlatlaridan kelgan kichik yoshdagi sportchilar bilan yanada nufuzli bo'lib bormoqda. 

Ushbu bolalar turniri yakkalik bahslarida bo'lib o'tadi.

Takidlash kerakki, jahon tajribasida “Kinder liga” deb yuritiluvchi ushbu qilichbozlik turiniri, asosan mamlakatimizda bolalar ommaviy sport turlarini qo'llab-quvvatlash orqali, qilichbozlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud bo'lgan qulay sharoitlarni kegaytirish, 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni qilichbozlik bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish kabi maqsadlarni o'z ichiga olagan.

Bugungi shpaga yo'nalishida bo'lib o'tayotgan musobaqada Qoraqalpog'iston respublikasi, shuningdek Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 

71 nafar kichik yoshdagi qilichboz-sportchilar  ishtirok etishmoqda.

Etirof etish joizki, respublikamizning barcha mintaqalarida bolalarni qilichbozlik sportiga jalb qilish orqali ular uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratilishi taminlanadi.

Albatta, bu kabi Bolalar turnirini barcha viloyatlar kesimida bosqichma-bosqich tashkil etish tizimini joriy etilishi, olis hududlardagi bolalarning ommaviy sport turi bo'lgan qilichbozlik bilan shug'ullanishlari uchun bevosita ijobiy tasir etadi.

SHunday qilib, qilichbozlikning shpaga yo'nalishida o'tkazilgan “Toshkent yulduzlari” Respublika bolalar ochiq turnirida quyidagi sportchilar g'olib deb topildi.

2007-2008 yildatug'ilgan sportchilar orasida:

O'g'il bolalar:

1.Jaxonshox Apseterov – Qoraqalpog'iston 

2.Saidakbar Axmedov – Toshkent viloyati

3.Aziz Niyetbaev – Qoraqalpog'iston

3.Batir Uspanov – Qoraqalpog'iston



Qiz bolalar; 

1.Jasmina Mahkamjonova – Andijon

2.Setora Ibragiomva – Milliy Qilichbozlik Klubi

3.SHaxnoza Urinboeva – Qoraqalpog'iston

3.Muxlisa Raxmonova – Buxoro 



2009-2010 yilda tug'ilgan sportchilar orasida

O'g'il bolalar:

1.Egor Fattaxov - MQK

2.Daniyar SHakirov - Buxoro 

3.Vadim Bagauidinov – Toshkent viloyati

3.Tarvey Li – Toshkent shahar


Qiz bolalar:

1.Zarina Ter-Akopova – Buxoro 

2.SHaxzoda Jannazarova

3.Dilnura Ibodulloeva – Buxoro 

3.Tumaris Salieva - Qoraqalpog'iston


Quyida “Toshkent yulduzlari” Ochiq Respublika bolalar turnirini o'tkazilish dasturi etiboringizga havola etiladi:

20 yanvar

soat 10:00 da – shpaga (o'g'il va qiz bolalar) – 2007-2008 y.t.;

soat 11:00 da – shpaga (o'g'il va qiz bolalar) – 2009-2010 y.t.


21 yanvar

soat 10:00 da – rapira (o'g'il va qiz bolalar) – 2007-2008 y.t.;

soat 11:00 da – rapira (o'g'il va qiz bolalar) – 2009-2010 y.t.


22 yanvar 

soat 10:00 da – sablya (o'g'il va qiz bolalar) – 2007-2008 y.t.;

soat 11:00 da – sablya (o'g'il va qiz bolalar) – 2009-2010 y.t.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing