So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

18 noy 08:20
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Toshkentdagi jahon kubogining ochilish marosimi qanday o'tdi?

Xabar berib o'tganimizdek, Toshkent shahrida o'smir qizlar o'rtasida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha jahon kubogi musobaqasi boshlandi.

Musobaqada jahonning 14 mamlakatidan 53 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bugun O'zbekiston gimnastika federaciyasiga qarashli "Universal" sport saroyida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir tantanali kuy-qo'shiqlar bilan boshlandi. Estrada xonandalarining chiqishlari marosimga ko'tarinki rux bag'ishladi. Yosh qilichbozlar ishtirokidagi ko'rgazmali chiqish esa yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Ochilish marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida so'zga chiqqanlar ushbu musobaqaning qay darajada ahamiyatli ekanligi, ana shunday nufuzli musobaqa O'zbekistonga ishonib topshirilganidan mamnun ekanliklarini qayd etib o'tdilar. SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb elon qilindi.

Qayd etish lozimki, mazkur jahon kubogi qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Yakkalik bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchi 32 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Jamoaviy bellashuvlarda g'olib bo'lgan terma jamoa esa 64 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Bugun yakkalik bahslari bo'lib o'tmoqda. Ertaga esa jamoaviy bellashuvlar tashkil qilinadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing