So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

28 dek 07:54
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Qishki olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Teglar :  Qishki Olimpiada
Qishki Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal jamg'argan sportchilar norvegiyalik atletlardir.

2014 yilgacha chang'ichi Byorn Erlend Deli multimedalchilar orasida 8 ta oltin va 4 ta kumush medallari bilan etakchilik qilgan bo'lsa, Sochi-2014da Ule-Eynar Byorndalen (8-4-1), Pxyonchxan-2018 da esa Marit Byorgen (8-4-4) ushbu rekordni yangilashga muvaffaq bo'lishgan.

• Norvegiyaliklar 2014 yilga qadar o'tkazilgan barcha qishki Olimpiada o'yinlarida 303 ta medalni qo'lga kiritib (107 ta oltin), qishki Olimpiada tarixidagi eng muvaffaqiyatli mamlakat deb topilgan. Hozirda bu ko'rsatkich 132 ta oltin, 125 ta kumush va 111 ta bronza, jami 368 ta medalga etgan.

• Saraevo (Bosniya va Gercegovina)da bo'lib o'tgan qishki Olimpiya o'yinlarida (1984), figurali uchish bo'yicha sportchilar Kristofer Din va Jeyn Torvilllar bellashuv raqsiga Ravel Bolero musiqasini tanlab olishgan. Ularga berilgan vaqt standart bo'yicha 4 daqiqa 10 soniya bo'lib, katta hajmli kompoziciyani 4 daqiqa 28 soniyaga (18 soniya ko'p) qisqartirishga muvaffaq bo'lishgan. Yakunda ular figurali uchish standartini bajarib, oxirida ortiqcha 18 soniyani konki lezviyasini muzga tekkizmasdan raqsni tizzalarida bajarishgan. Natijada oltin medalni qo'lga kiritishgan.

• Kanada davlati 1988 yil qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgan bo'lsada, o'z yurtidagi ilk oltin medalni qo'lga kiritish Kalgarida nasib etmagan. Mezbonlarga birinchi bor Vankuverda (Kanada, 2010) o'tkazilgan Olimpiadada g'oliblik nasib etgan. Bunday g'alabaga fristaylning mogul yo'nalishi bo'yicha erkaklar o'rtasida Aleksandr Bilodo erishgan.

• Kanadalik sportchi Klara Xyuz o'zining mahorati bilan qishki va yozgi Olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etib, ajoyib natijalarni qayd etgan. Qishki Olimpiya o'yinlarida 4 ta, shundan 1 ta oltin (konkida uchish sporti), shuningdek yozgi Olimpiadalarda 2 ta bronza (velosport) medalini qo'lga kiritib, Kanada davlati ramziga aylangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing