So’nggi yangiliklar

15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасиини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 12:32Бивол ва Бетербиев ўртасидаги жанг қачон ўтказилиши маълум қилинди 0 12:10«Реал»нинг тўрт нафар футболчиси EЧЛ рекордини такрорлади 0 11:49Навбаҳор Ҳамидова Париж Олимпиадасига йўл олди 0 11:39"Ролан Гаррос" чемпиони Новак Жокович 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 11:18UFC 302. Бонуслар кимларга насиб этди? 0 10:56Карло Анчелотти навбатдаги чемпионликдан сўнг нималар деди? 0

17 sen 10:26
Yangiliklar

Boshqalar

Qizlarimiz Osiyo Kubogida faxrli ikkinchi o'rinni egallashdi

Bu natija esa chim ustida xokkey ustalarini 2020 yilgi Yaponiyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari finaliga saralash uchun yo'llanma berish bilan ham ahamiyatli bo'ldi.

Yaqinda chim ustida xokkey bo'yicha erkaklar terma jamoamiz Qirg'izistonda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, sovrin bilan ortga qaytgandi. Bu gal esa ayollar terma jamoamiz sovrinning qiymatini yanada oshirishgan holda, Singapurda tashkil etilgan Osiyo Kubogida faxrli ikkinchi o'ringa sazovor bo'lib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Singapur, Xitoy Taypeyi, Bangladesh, SHri Lanka, Gongkong va O'zbekiston termalari ishtirok etgan musobaqada hamyurtlarimiz faqat maydon egalariga imkoniyatni boy berishdi, Xitoy Taypeyi bilan esa tashabbusga ega bo'lgan holda durang natija bilan kifoyalanishdi.

Mazkur musobaqa 2020 yilgi Yaponiyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari finaliga saralash uchun yo'llanma berishi bilan ham ahamiyatli edi. Xokkeychi qizlarimiz buning uddasidan chiqishdi – Osiyo o'yinlari saralash uchrashuvlariga yo'llanma olishdi.

Etiborli jihati, terma jamoamiz azosi Sabina Adizova musobaqaning eng yaxshi o'yinchi deb topildi va maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

photo5474246289509165891.jpg

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlar natijalari:

O'zbekiston – Gonkong – 5:0

Gollar: Komila Adizova (24), SHahrizoda Qahramonova (38, 59), Zulfiyaxon Hasanboeva (44), Gulruh Ramazonova (51).

Singapur – O'zbekiston – 1:0

O'zbekiston – Bahrayn – 6:0

Gollar: Zulfiya Hasanboeva (2, 15), Sabina Adizova (17), Gulruh Ramazonova (30, 45), SHahrizoda Qahramonova (54).

Xitoy Taypeyi – O'zbekiston – 2:2

Gollar: Komila Adizova (7, 52)

O'zbekiston – SHri-Lanka – 8:0

Gollar: Zulfiyaxon Hasanboeva (13, 14, 59), Komila Adizova (19), SHahrizoda Qahramonova (34, 54), Sabina Adizova (57), Istamoy Pirakova (58).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing