So’nggi yangiliklar

19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0

22 okt 07:03
Yangiliklar

Boshqalar

Qo'l jangi ustalarimiz Jahon kubogida 15 ta medal qo'lga kiritishdi, shundan 6 tasi oltin!

Germaniyaning Leypcig shahrida qo'l jangi bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Sayyoramizning eng kuchli sportchilari ishtirok etgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib tarzda yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Musobaqada dunyoning 26 davlatidan 200 nafar atletlar g'oliblik uchun bahs olib borishdi. 

Jahon kubogi yakunlariga ko'ra terma jamoamiz azolaridan o'z vazn toifalarida SHohida Rahimova, Maftuna Quvondiqova, Jamshid Rahmonaliev oltin, Jahongir Jumaev, Dilmurod Ho'jamberdiev kumush, Amrillo Jo'raev, Ilyos Komilov, Farhod Jo'raev, Murtazobek Mamashokirov bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Turnir davomida   faxriylar o'rtasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda faxriy qo'l jangi ustalarimizdan Husan Ergashev, Bahrom Abdullaev oltin medalga ega chiqishgan bo'lsa, Muzaffar Yusupov o'z vaznida kumush medal sohibiga aylandi. Bahrom Mullaboev esa bronza medalini qo'lga kiritdi. Rasul Jo'raev esa turli yo'nalishlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. 

Yakunda terma jamoamiz azolari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 5ta bronza medal, jami 15 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
22 okt 10:34:20
Adhamjon
1 o'rin qozoqlarmi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing