So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

04 apr 17:50
Yangiliklar

Gandbol

Qo'l to'pi. Bellashuvlar davom etmoqda

Andijon olimpiya zaxiralari kolleji manejida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari dasturidan o'rin olgan sportning qo'l to'pi turi bo'yicha akademik licey va kasb-hunar kollej o'quvchilari o'rtasida Respublika final bosqichi davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031 sonli Qorori bilan tasdiqlangan dasturning 50 va 52-bandlari ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talimi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, o'rta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasidagi mazkur qo'l to'pi sport turi bo'yicha IV bosqichli “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining final bellashuvlariga 4 aprel kuni start berilgan bo'lib, ushbu final bosqichida Qoraqalpog'iston respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jamoalar g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashishmoqda. 

Ayni paytda Toshkent shahri, Andijon, Xorazm, Qashqadaryo kabi viloyatlar jamoalari etakchilik qilishmoqda. G'olib va sovrindorlar nomi 6 aprel kuni malum bo'ladi.  

Husniddin NURMATOV, O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Andijon viloyat mintaqaviy bo'limi raisi o'rinbosari:

- Musobaqalar ayni qizg'in pallada. Jamoalarning g'oliblik sari intilish yuqoriligi bois, har bir bellashuv shiddatli tus olmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Xorazm  jamoalarining qo'li baland kelmoqda. Musobaqlar davomida iqtidorli sportchi-o'quvchilar ham saralanmoqdaki, ular kelajakda milliy terma jamoalarimizga zahiradagi sportchi sifatida kirishi mumkin. Bosh maqsadlarimizdan biri ham milliy terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berishdan iborat.


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing