So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

09 iyu 13:38
Yangiliklar

Kurash

Qo'rg'ontepada bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

1-8 iyun kunlari Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanidagi “Savay” nomli sport majmuasida Bel olish va Uch kurash bo'yicha 2001-2003 tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab  Bel olish kurashining xalqa-chalish, chalish hamda Uch kurashning yaktakli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar yakunlanib, g'oliblar nomi aniqlangan bo'lsa, chempionatning so'nggi kunida Uch kurashning yaktaksiz va xalqa yo'nalishlarida ham kuchlilar saralandi.

Demak, murosasiz tarzda o'tgan O'zbekiston chempionatining mazkur yo'nalishlarida o'z vazn toifalariga ko'ra oltin medalga sazovor bo'lgan sportchilar bilan tanishamiz.  

Uch kurashning yaktaksiz yo'nalishi

O'g'il bolalar

50 kg. – Nozimjon Komilov (Andijon)

54 kg. – Husanboy Muhammadjonov (Andijon)

58 kg. – Sardor Komilov (Andijon)

62 kg. – Jamoliddin Yo'ldoshev (Jizzax)

66 kg. – Diyorbek Abdusalomov (Andijon)

70 kg. – SHohsulton Abdusattorov (Jizzax)

74 kg. – Yusufali G'anijonov (Jizzax)

78 kg. – Muhammadali Tilovoldiev (Andijon)

82 kg. – Doston Abdumajidov (Andijon)

86 kg. – Azamjon Mamasoliev (Andijon)

90 kg. – Husniddin Jalolov (Jizzax)

96 kg. – Rasuljon Abdumo'minov (Farg'ona)

+96 kg. – Amanboy Utarboev (Toshkent v.)

Qizlar

48 kg. – Gulsanam Toshmamatova (Namangan)

52 kg. – Muhabbat Murodova (Namangan)

56 kg. – Gulhayo Odilova (Andijon)

Mutloq vazn. – Muazzam Sultonova (Farg'ona)

Uch kurashning xalqa yo'nalishi

O'g'il bolalar

50 kg. – Asadbek To'xtasinov (Farg'ona)

54 kg. – Hasanboy Mamajonov (Farg'ona)

58 kg. – Elbek Yuldoshev (Surxondaryo)

62 kg. – Oybek Orifboev (Jizzax)

66 kg. – Asliddin Umarov (Surxondaryo)

70 kg. – Laziz Xojimurodov (Jizzax)

74 kg. – Qudrat Allaniyozov (Surxondaryo)

78 kg. – Farrux Turopov (Surxondaryo)

82 kg. – Samandar Abdusalimov (Surxondaryo)

86 kg. – Azamat Abdumanonov (Farg'ona)

90 kg. – Asadbek Badalov (Toshkent v.)

96 kg. – Ilhom Odilov (Namangan)

+96 kg. – Nodir Jo'raev (Sirdaryo)

Mutloq vazn. – Asilbek Qorjovov (Surxondaryo)

Musobaqa yakunlangach g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing