So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

07 iyu 07:23
Yangiliklar

Kurash

Qo'rg'ontepada bel olish va uch kurash bo'yicha yosh polvonlar kuch sinashyapti

Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanidagi “Savay” nomli sport majmuasida Bel olish va Uch kurash bo'yicha 2001-2003 tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 600 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

CHempionat doirasida  yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab Bel olish kurashining xalqa-chalish, chalish hamda Uch kurashning yaktakli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar yakunlanib, g'oliblar nomi aniq bo'ldi.

Murosasiz va shiddatli jarayonlarga boy tarzda o'tayotgan O'zbekiston chempionatida o'z vazn toifalarida raqiblarini engib, chempionlikka erishgan polvonlar bilan tanishamiz.

Bel olishning xalqa – chalish yo'nalishi

O'g'il bolalar 

54 kg. – Bexruz Qodirjonov (Sirdaryo)

62 kg. – Eldor Hasanov (Sirdaryo)

70 kg. – Abdulloh Turg'unov (Andijon)

78 kg. – Asadbek Hatamov (Andijon)

Mutloq vazn. – Qilichbek Hudoyberdiev (Jizzax)

Bel olishning chalish yo'nalishi

O'g'il bolalar

50 kg. – Diyorjon Xafizboev (Namangan)

58 kg. – Asilbek Abduraximov (Farg'ona)

66 kg. – Azizbek Abduqodirov (Sirdaryo)

74 kg. - Zayniddin To'xtameshov (Jizzax)

82 kg. – Akmal Hakimov (Andijon)

Mutloq vazn. – Muhammadayub Qo'ziev (Andijon)

Qizlar

48 kg. – Gulshoda Abduolimova (Namangan)

52 kg. – Dilafro'z Mannabjonova (Andijon)

56 kg. – Sevara Rajabova (Sirdaryo)

60 kg. – Madina Avazova (Andijon)

Mutloq vazn. – O'g'iloy Obidova (Andijon)

Uch kurashning yaktakli yo'nalishi

O'g'il bolalar

50 kg. – Suxrob Omonov (Sirdaryo)

54 kg. – Bexruz Qodirjonov (Sirdaryo)

58 kg. – Asilbek Abdurahimov (Farg'ona)

62 kg. – Eldorbek Hasanov (Sirdaryo)

66 kg. – Azizbek Abduqodirov (Sirdaryo)

70 kg. – Doniyor Hasanov (Sirdaryo)

74 kg. – Dilmurod Mamaziyaev (Farg'ona)

78 kg. – Zohidjon Raimqulov (Sirdaryo)

82 kg. – Qudratbek Nizomiddinov (Andijon)

90 kg. – Muhammadayub Qo'ziev (Andijon)

Mutloq vazn. – Qilichbek Xudoyberdiev (Jizzax)

Qizlar

48 kg. – Madina Ismoilova (Farg'ona)

52 kg. – Dildora Karimova (Sirdaryo)

56 kg. – Sevara Rajabova (Sirdaryo)

60 kg. – Madina Avazova (Andijon)

Mutloq vazn. –O'g'iloy Obidova (Andijon).

G'olib va sovrindorlar associaciya tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Ayni paytda Uch kurash bo'yicha bellashuvlar davom etmoqda. Musobaqa 8 iyunda yakunlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing