So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

03 avg 09:34
Yangiliklar

Bolalar sporti

Qo'shko'pirliklar yuksak marralarni ko'zlashyapti FOTO

Bugungi kunda Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabida 1 700 nafarga yaqin bolalar o'zlari tanlagan sport turlari bilan oshno tutinishgan.

Sport maskanida 15 ta - boks, badiiy gimnastika, badminton, basketbol, voleybol, dzyudo, qo'l to'pi, engil atletika, suzish, stol tennis, taekvondo WTF, kurash, futbol, erkin kurash hamda shaxmat turlari bo'yicha guruhlar ishlab turibdi. 

To'garaklarda jami 1700 nafarga yaqin yoshlar sport bilan muntazam tarzda shug'ullanib kelishmoqda, ulardan 604 nafarini  qizlar tashkil qiladi. O'z navbatida ularga 46 nafar tajribali va malakali murabbiylar ustozlik qilishayotir. 

Etiborlisi, sport maktabiga tuman markazidan ancha uzoqda joylashgan qishloqlarda yashovchi aholi, xususan, yoshlar ham qamrab olingan. Bu borada  21 ta umumiy o'rta talim maktabi va 5 ta kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilib, ushbu talim muassasalarining sport inshootlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.   

SHu o'rinda takidlab o'tish joizki, joriy yilning boshida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan BO'SM qoshida usti yopiq suv sporti saroyi barpo etildi. Endilikda, 150 nafarga yaqin qo'shko'pirlik yoshlar 11x25 metr o'lchamdagi suzish havzasida mashg'ulotlarni maromiga etkazishmoqda.

Mahorat maskanida mashg'ulotlar bilan cheklanib qolmay, belgilangan reja asosida iqtidorli sportchilarini aniqlash, selekciya ishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida tez-tez musobaqalar o'tkazib turiladi. Binobarin, joriy yilning birinchi yarim yilligida BO'SM birinchiliklaridan tashqari, tuman doirasida qirqdan ziyod sport tadbirlari uyushtirilib, unda 2000 nafarga yaqin sportchining qatnashishi taminlandi. 

SHundan 600 nafardan oshig'i qizlardir. Buning barobarida, sport maktabida voleybol, basketbol, qo'l to'pi, dzyudo, boks bo'yicha viloyat ochiq birinchiliklari o'tkazildi. Albatta, bu etiborga molik sanaladi.

Qolaversa, o'tgan davr ichida sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan 10 nafari xalqaro miqyosdagi, 49 nafari respublika birinchiligi va chempionatlarida qatnashdi. Tabiiyki, qo'shko'pirlik sportchilarning ishtiroki chakki bo'lmadi. Qozog'iston davlatining Nur-Sulton shahrida boks bo'yicha uyushtirilgan “Prezident kubogi”ning -75 kilogramm vazn toifasida Rajabboy Atanazarov bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kubogida Nilufar SHaripova birinchi o'rinni  egalladi. SHukurjon Aminova (dzyudo), Doniyor Rahmonov (taekvondo WTF), Zafar Bekpo'latov (boks), Tursunoy G'ayratova (erkin kurash) singari ko'plab qo'shko'pirlik sportchilar respublika miqyosidagi musobaqalarda g'olib va sovrindorlar safidan joy oldilar. 

SHuningdek, sport maktabida gandbol va voleybol bo'yicha viloyat terma jamoalari safida faoliyat yuritayotgan o'g'il-qizlar ham talaygina.

Mubolag'a emas, erishilayotgan muvaffaqiyatlarning barchasi BO'SMda mashg'ulotlar jarayoni zamonaviy standartlar asosida olib borilayotgani, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilganligining mahsulidir.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi, Xorazmdan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing