So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

07 avg 14:42
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Qozog'iston boks terma jamoasi murabbiyi istefoga chiqadimi? Galim Kenjebaev shogirdlarining muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqidagi savollarga javob berdi

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Galimbek Kenjebaev jurnalistlarning savollariga javob berdi va jamoaning 2020 yilgi Olimpiadadagi ishtirokini sarhisob qildi.

Biz intervyuni o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiboringizga havola qilamiz.

- Yarim finalda Saken Bibosinovga umid bog'lagan edik. Albatta, uning raqibi Sakenga yaxshigina qarshilik ko'rsata olardi. Birinchi raundda nokdaun bo'ldi va bu raund butun jang natijasini oldindan belgilab qo'ydi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda Bibosinov g'alabaga loyiq edi, lekin birinchi raundda o'tkazib yuborilgan ochkolar tasir ko'rsatdi. Biz barcha bokschilarimizdan g'alaba kutgandik, lekin qaerdadir omadimiz kelmadi, ular janglarida mag'lub bo'lishdi. SHuni takidlashni istardimki, Saken turnirni muammosiz o'tkazdi va yaxshi boks ko'rsatdi.

Bokschilarning jismoniy tayyorgarligiga kelsak, hammasi yaxshi edi. Ular maxsus o'quv -mashg'ulot yig'inlari, umumiy jismoniy tayyorgarlik, sparring bahslardan o'tdilar. Tan olaman, garchi yigitlar tajribali bo'lishsada, Olimpiadada sportchilarga bosim tasir ko'rsatdi.

- Licenzion turnirda ishtirok etish uchun bokschilarni qanday tartibda tanladingiz? Serik Temirjanov turnirga bordi,u mamlakat chempioni emas. Serik Olimpiadada yutqazgan amerikalik Dyuk Ragan avvalroq 2017 yilgi jahon chempionatida bizning Kayrat Eralievga mag'lub bo'lgandi. SHunga qaramay, tanlov Eraliev foydasiga hal bo'lmadi. -81 kg vazn toifasida Bek Nurmaganbet Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi, lekin siz Bekzad Nurdauletovni tanladingiz.

- 2019 yilda Qozog'iston chempionati bo'lmadi. Men aynan 2019 yildan ishlay boshladim, bir necha oydan keyin ichki chempionat g'oliblari borgan Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. 2019 yil sentyabr oyida jahon chempionati bo'ldi va undan avval Prezident Kubogi bo'lib o'tdi, u erda Bek Nurmaganbet jarohati tufayli qatnashmadi. Kayrat Eraliev o'sha turnirda ishtirok etdi: Eraliev na Osiyo chempionatida, na Prezident kubogida yuqori natijalarni ko'rsata olmadi. SHunga qaramay, Eraliev jahon chempionatiga yo'l oldi, erda ham mag'lub bo'ldi. SHu bilan birga Bekzod Nurdauletov jahon chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Barchangiz buni ko'rdingiz.

Keyin Aktau shahrida turnir tashkil qilindi, unda -57 kg va -75 kg gacha vazn toifasida hal qiluvchi sparringlar bo'lib o'tdi. Tursinbay Kulaxmet va Abilxan Amankul o'zaro jang qilishdi. -69 kg vazn toifasida bizda jahon chempionati sovrindori Abilayxan Jusupov bor edi. Agar uning raqibi SHimbergenov haqida gapiradigan bo'lsak, u Osiyo chempionatiga bordi, o'zbekistonlik bokschi Bobo-Usmon Baturovga imkoniyatni boy berdi. SHuning uchun u Prezident kubogida qatnashmadi, shu jumladan uning jarohati ham bor edi. O'zaro uchrashuvda Kayrat Eraliev Toltaevga yutqazdi va Serik Temirjanov turnir chempioniga aylandi. Tursinbay Kulaxmet Abilxan Amankulga mag'lub bo'ldi. Licenzion turnir oldidan Zakir Safiullin Qozog'istondagi asosiy raqiblarini engdi, shuning uchun u Iordaniyaga bordi. Licenzion turnir Xitoyda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo pandemiya tufayli musobaqa bekor qilindi. Qisqasi, barcha bokschilar jiddiy tanlovdan o'tdi.


- Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasining so'nggi natijalari bilan bog'liq holda, o'z xohishingiz bilan terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etish haqida o'ylayapsizmi?

- Albatta, bunday fikrlar bo'lishi mumkin. Hamma narsani rahbarlar muhokama qiladi va qaror qabul qiladi.

- Yani, agar rahbariyat sizni lavozimda qoldirsa, terma jamoada bosh murabbiy sifatida ishlashda davom etasizmi?

- Buni rahbariyat hal qiladi, men hozir sizning savolingizga javob bera olmayman.

- Abilxan Amankulning jarohati haqida malumot bera olasizmi?

- Amankul avval «Astana Arlans»da jang qilib qo'lini sindirgandi. Olimpiadada o'zbek bokschisi bilan jang paytida u yana qo'lidan jarohat oldi. Albatta, biz uni qayta tiklashga harakat qildik, hatto og'riq qoldiruvchi ukol ham qildik. CHap qo'li uni bezovta qildi. Eski jarohat o'zini eslatdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
08 avg 07:30:01
Тожиддин Ҳикматов
Бизникилар қачон матбуотда "жамоли" ни кўрсатар экан. Дўмбоқбойларимизни нега танлаганини, улар кимнинг эркаси хақида хам хисобот берсин.
+1   
07 avg 21:41:28
A
Bzani murabiylaniyam aliwrw kire oldingi olimpiyadada rezultat qb kiyingi olimpiyadagaca bzani murabiyla wou biznes vakili bub ketti xar kun tv dayam netdayam wula. Boxodir bumasa 000 bn qaytardi uyga ee uyat murabiyla uyalila
+1   
07 avg 20:04:09
Rejabboy
Bizni murabbiylarga ham shunaqa savollar beradigan mard jurnalistlar topiladimiikin?
   
07 avg 22:01:29
Jonny
Artur7001 foydalanuvchining fikriga javob berish
Истеъфога чиқадими. Учта тўртта бронза олди. Битта олтиндан устун туради. Ўрин олиш муҳим. Битта олтин медални олиб олтин олдик деймизми. Қозоқлар бизадан анча олдинда
10 ta bronzayam 1ta oltinga tenglasha olmaydi
   
07 avg 21:41:37
Artur7001
Истеъфога чиқадими. Учта тўртта бронза олди. Битта олтиндан устун туради. Ўрин олиш муҳим. Битта олтин медални олиб олтин олдик деймизми. Қозоқлар бизадан анча олдинда
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing