So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

24 apr 09:33
Yangiliklar

Stol tennisi

Qutbillo Teshaboev: Yaratilgan keng imkoniyatlardan minnatdormiz

Teglar :  Qutbillo Teshaboev
Mamlakatimizda yuqori natija ko'rsatayotgan sportchilarga intilib, ularga havas qilib, o'z oldiga katta-katta maqsadlarni qo'yayotgan yoshlar safi tobora ortib bormoqda.

Ana shunday yuqori natijalarni qayt etish yo'lida tinimsiz mehnat qilayotgan sportchilarimizdan biri Qutbillo Teshaboevdir.

Andijonlik Qutbillo olti yoshida amakisi Xudoyorbek Teshaboev qo'l ostida stol tennisi sirlarini o'rgana boshlaydi va mazkur sport turiga mehr qo'yadi.
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot kotibi Nig'monxo'ja Nozimov bilan bo'lgan suhbatda, Qutbillo Teshaboev ayni kunlarda nimalar bilan shug'ullanayotgani, sportchilik faoliyati haqida to'xtalib o'tdi.

– Mazkur sport turi bilan shug'ullanishni maslahat bergan amakimdan minnatdorman. Stol tennis bilan shug'ullanish davomida sog'lom bo'lib voyaga etdim va hech qaerda o'xshashi yo'q bo'lgan uch bosqichli tizimning “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” musobaqalarida ishtirok etish sharafiga muyassar bo'ldim.
Sport bilan shug'ullanishim mobaynida mamlakat miqyosidagi musobaqalarda o'z tajribamni oshirib kelmoqdaman. Jumladan, o'tgan yili mamlakat chempionati finalida hamyurtimiz Zohid Kenjaevga qarshi o'tgan o'yin men uchun unutilmas bo'ldi. Mazkur bahsda menga biroz omad etishmadi va kutilmaganda 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchradim. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsam-da, o'z xato va kamchiliklarimni bilib olishga muyassar bo'ldim.

Mamlakatimizda biz sportchilarga qaratilayotgan etibor va yaratilgan shart-sharoitlar uchun Prezidentimizga, Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakatimiz stol tennis federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing