So’nggi yangiliklar

08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0

20 iyu 12:55
Yangiliklar

Sambo

Rasman: Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Xalqaro sambo federaciyasini doimiy ravishda tan olganini malum qildi

Teglar :  Sambo
Xalqaro sambo federaciyasi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan doimiy ravishda tan olindi.

Bugun Yaponiyada o'tkazilgan XOQ sessiyasida bu qaror rasman elon qilindi.

Bu haqida Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov shunday deydi:

"Bugun sambo oilasi uchun haqiqiy bayram. Uch yil oldin FIAS XOQ tomonidan vaqtinchalik tan olingandi. Bu vaqt oralig'ida biz butun jahon uchun bundanda yaxshirog'iga loyiq ekanligimizni isbotladik. Ushbu davr dunyodagi og'ir vaziyatga - Covid-19 pandemiyasiga to'g'ri keldi hamda hayotimizning barcha sohalariga, shu jumladan sport tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga ham tasir ko'rsatdi. Ammo biz inqiroz sharoitida ishlashni, ko'plab cheklovlarga moslashishni, g'ayrioddiy sharoitlarda xalqaro turnirlarni o'tkazishni o'rgandik. Dastlab, ushbu vazifa imkonsiz bo'lib tuyuldi, shunga qaramay, birgalikdagi say-harakatlar bilan biz bunga erishdik. Bu, asosan, milliy va qita sambo federaciyalarining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi va albatta, bizning bosh hamkorlarimiz - "Rosneft"ning ko'magi tufayli amalga oshdi.

Endilikda yanada ko'proq davlatlar bizning sportimizga o'z eshiklarni ochmoqdalar, Sambo musobaqalarini dunyoning 68 mamlakati telekompaniyalari, shu jumladan sport translyaciyasining bayroqdori - "Eurosport" telekanali translyaciya qilmoqda. Samboning taniqli vakillari nomlari esa butun dunyoga malum. 

Xalqaro olimpiya qo'mitasidan bizning ishimizni qadrlagani va sportimizga ko'rsatayotgan etibori uchun minnatdormiz. Bugun biz azaliy orzuimiz - samboni Olimpiya o'yinlari dasturiga qo'shish yo'lida yana bir katta qadam tashladik. Ushbu tarixiy voqea bilan butun dunyodagi sambochilarni tabriklayman!", - dedi SHestakov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing