So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

30 iyu 09:51
Yangiliklar

Tadbirlar

Ravshan Ermatov O'zDJSTU professorlari bilan istiqboldagi rejalarni muhokama qildi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar institutining istiqbolli rejalari va sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoa sportchilarining natijadorligini mavzusida ilmiy yondashuvga asoslangan suhbat bo'lib o'tdi.

Unda Rashid Matkarimov, Fikrat Kerimov, SHamil Iseev kabi etakchi professorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Ravshan Irmatov kuchli zaxiraga ega terma jamoalarimizni tayyorlashda sohaning ilm-fan masalalari ham dolzarb ekani haqida to'xtalib, bir qator istiqbolli rejalar xususida fikr almashdi. 

Terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini oshirish maqsadida zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish, mashg'ulotlar va musobaqalar davrida sportchilarning funkcional darajasini chuqur tahlil qilish, institutni laboratoriyasini kerakli jihozlar bilan taminlash kabi masalalar batafsil ko'rib chiqildi.

Yig'ilish sportchilarimizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-214 Olimpiya o'yinlariga tayyorlashga qaratilgan bo'lib, yakunida Ravshan Irmatov mutaxassislarga MOQ doimo hamkorlikda ishlashga tayyor ekani, o'zbek sporti yutuqlarining salmog'ini oshirishda olimlarimizning xizmati beqiyos ekanini takidlab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing