So’nggi yangiliklar

12:06Ислам Махачев Конор Макгрегорга "ответ" қилди 0 11:45Ханс-Дитер Флик "Барселона"даги режалари билан ўртоқлашди 0 11:24Конор Ислам Махачевга ташхис қўйди + ФОТО 0 11:03Жокович "Ролан Гаррос" чемпионлик ҳимоясини давом эттирмоқда 0 10:42Бугун Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада лицензион турнирида рингга чиқади 0 10:21ЦСКА собиқ футболчиси: "Аббосбек Файзуллаевни 10 миллиондан камига сотмаслик керак!" 0 10:00Нодирбек Якуббоев Aktobe Open 2024 етакчилари сафига қўшилиб олди 0 09:39ХОҚдан жавоб! IBA'га аъзо мамлакатлар Лос-Анжелес 2028 Олимпиадасида иштирок этмайди, жумладан Ўзбекистон ҳам! 0 09:18Ўзбекистонлик боксчи лицензион турнирда Озарбайжон таркибида иштирок этмоқда 0 08:57Бугун Суперлигада пойтахт вилояти дербиси бор 0 08:36Ўзбекистон кубогининг сўнгги куни оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 08:15Султонов Куршумлия-Баняда 1/4 финалда ўйнайди 0 07:54UFC'га ўтиши айтилган Рамазон Темировнинг навбатдаги рақиби бразилиялик! + ПОСТЕР 0 07:33"Реал" ЕЧЛ финали учун қайдномасини эълон қилди 0 07:12"Tashkent Select" хоккей бўйича 2024 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолибига айланди! 0

24 okt 08:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Ravshan Ermatov Saudiya Arabistonining favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xisham Meshaal Suvaylem al-Suvaylem boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Sir emas, sport avvalo millatlar va elatlar o'rtasida madaniy xilma-xillik, davlatlararo va madaniyatlararo muloqot rivoj topishi, milliy merosni saqlash, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash orqali jamiyatni barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida o'zaro do'stona aloqalar yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu hamkorlik sport sohasida ham tobora rivoj topmoqda. Bu jihatlar O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan yig'ilishda ham alohida etirof etildi.

Uchrashuvda R.Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyati haqida to'xtalar ekan, mazkur tashkilot jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi, qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilgan bo'lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirish belgilangani, o'tgan davr mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini takidladilar.

Saudiya Arabistoni podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuvda bir qator masalalar, jumladan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Saudiya Arabistoni podshohligining Sport boshqarmasi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish maqsadida ishlab chiqilgan memorandumni saudiyaliklar tomonidan ko'rib chiqilishini tezlatish, ikki davlat sportchilarini xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun sport turlari bo'yicha qo'shma o'quv-mashg'ulotlar yig'inlarini tashkil etish kompleksini ishlab chiqish, Saudiya Arabistoni tajribasini o'rgangan holda O'zbekistonda ot sportini rivojlantirish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish, Saudiya Arabistonida milliy sport turimiz bo'lgan kurashni yanada rivojlantirish, buning uchun podshohlikni malakali trenerlar bilan taminlash va qo'shma o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish borasida o'zaro fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing