So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

02 iyu 21:51
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Ravshan Ermatov Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan tanishdi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan tanishdi.

Tashrif avvalida Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor etib tayinlangan Komil Xolmatov mehnat jamoasiga tanishtirildi. SHundan so'ng Ravshan Sayfutdinovich suv sporti turlari mutaxassislarini qiynab kelayotgan muammolar, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda istiqboldagi rejalar bilan qiziqdi.

Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi 7 ta yo'nalishni birlashtirgan. Bular suv sportining akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash hamda suv polosi turlaridir.

Ushbu yo'nalishlar Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan va eng asosiysi, ularda juda ko'plab medallarni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud. Birgina suzish musobaqalarida bitta sportchi bir musobaqada qancha medal qo'lga kiritishi mumkinligini amerikalik afsonaviy sportchi Maykl Felps isbotlagan (u Pekin-2008da 8ta oltin medalga sazovor bo'lib, jahon rekordini o'rnatgan).

Ana shunday katta imkoniyatlarga esa sport turlari esa afsuski yurtimizda u qadar rivoj topmagan. Suv sporti turlari mutaxassislari bilan uchrashuvda Ravshan Ermatov bu jihatga alohida etibor qaratib, mashg'ulot jarayonlarida ilg'or texnologiyalardan yanada keng va samarali foydalanish, jahonning rivojlangan davlatlari tajribalarini o'rganish va uni O'zbekistonga ham tatbiq etish borasida kerakli tavsiyalar berdi.

O'z navbatida trenerlar terma jamoalarga munosib zaxira tayyorlashdagi muammolar borasida to'xtalib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda vazirlik rahbariyatidan ko'mak so'radi.

Do'stona kechgan muloqotda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarimizga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligi, eng muhimi, hukumatimiz bu borada sport sohasini hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgani takidlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing