So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

03 mar 20:20
Yangiliklar

Regbi

Regbi jamoamiz janubiy afrikalik murabbiy bilan Parij Olimpiadasiga tayyorlanmoqchi emish

Teglar :  Regbi
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati federaciya va associaciyalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik dasturlarini muhokama qilish yuzasidan olib borayotgan onlayn uchrashuvlarini davom ettiradi.

Bugun O'zbekiston regbi federaciyasining mazkur musobaqalar uchun tayyorlagan rejasi ko'rib chiqildi. Onlayn yig'ilishni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, O'zbekiston regbi federaciyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi direktor Jasur Akramov, jamoa murabbiylari va Qo'mita xodimlari qatnashishdi. 

Taqdimotni Qahramon Jalilov olib bordi va federaciyaning yaqin yillarga tuzilgan rejalari bilan tanishtirdi. Unga muvofiq, regbi sportida etakchi mamlakatlardan sanalgan Janubiy Afrika Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassis Andre Xuman jamoamizni musobaqalarga tayyorlaydi. Yig'ilishda MOQ raisi shu va boshqa rejalar borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan regbi jadal suratlarda o'sishda davom etmoqda. Bu ketishda regbi ham yaqin yillar ichida o'zbek sportida yuqori o'rinlardan biriga ko'tarilib oladi. Buning uchun, albatta, biroz vaqt kerak. Bunday tajribali xorijlik murabbiy va Sizlardek o'z ishining jonkuyarlari bilan jamoamizni etakchilar qatoriga olib chiqa olamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Qayd etish joiz, Rio-2016 Olimpiya o'yinlaridan musobaqa dasturiga regbi-7 yo'nalishi kiritilgan. O'zbekiston regbi federaciyasining rejasiga ko'ra, jamoamiz Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga licenziya olishni mo'ljallamoqda. Uchrashuvda, Respublikada ushbu sportni yanada ommalashtirish, yoshlar jamoasini shakllantirish uchun selekciya siyosatini yo'lga qo'yish, terma jamoa uchun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari va musobaqalarni tashkil qilish kabi yo'nalishlarda tavsiyalar berildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing