So’nggi yangiliklar

12:06Ислам Махачев Конор Макгрегорга "ответ" қилди 0 11:45Ханс-Дитер Флик "Барселона"даги режалари билан ўртоқлашди 0 11:24Конор Ислам Махачевга ташхис қўйди + ФОТО 0 11:03Жокович "Ролан Гаррос" чемпионлик ҳимоясини давом эттирмоқда 0 10:42Бугун Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада лицензион турнирида рингга чиқади 0 10:21ЦСКА собиқ футболчиси: "Аббосбек Файзуллаевни 10 миллиондан камига сотмаслик керак!" 0 10:00Нодирбек Якуббоев Aktobe Open 2024 етакчилари сафига қўшилиб олди 0 09:39ХОҚдан жавоб! IBA'га аъзо мамлакатлар Лос-Анжелес 2028 Олимпиадасида иштирок этмайди, жумладан Ўзбекистон ҳам! 0 09:18Ўзбекистонлик боксчи лицензион турнирда Озарбайжон таркибида иштирок этмоқда 0 08:57Бугун Суперлигада пойтахт вилояти дербиси бор 0 08:36Ўзбекистон кубогининг сўнгги куни оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 08:15Султонов Куршумлия-Баняда 1/4 финалда ўйнайди 0 07:54UFC'га ўтиши айтилган Рамазон Темировнинг навбатдаги рақиби бразилиялик! + ПОСТЕР 0 07:33"Реал" ЕЧЛ финали учун қайдномасини эълон қилди 0 07:12"Tashkent Select" хоккей бўйича 2024 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолибига айланди! 0

22 iyu 19:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Rektor boshchiligidagi O'zDJTSU vakillari Latviya sport talimi akademiyasida bo'lishdi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSULatviya
Xabar berganimizdek, shu kunlarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabaev boshchiligidagi kichik delegaciya Riga shahrida bo'lib turibdi.

U kishiga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti direktori R. Matkarimov, universitet Xalqaro hamkorlik bo'lim boshlig'i SH. Toshturdiev, “Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri I. Karimov hamrohlik qilyapti.  

Tashrif doirasida vakillarimiz Riga shahridagi Latviya sport talimi akademiyasida bo'ldilar. Akademiya jamoasi mehmonlarni iliq kutib oldi. Ushbu akademiya rektori Juris Grants, ilmiy ishlarni rivojlantirish bo'yicha prorektor Janis Zidens hamda o'quv faoliyati prorektori Andra Fernate ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda kelgusidagi o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ilmiy tadqiqot faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, professor-o'qituvchilar malaka oshirish tizimini yo'lga qo'yish masalalari bo'yicha kelishuvga erishildi hamda Ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

SHundan so'ng, Latviya sport talimi akademiyasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, akademiyaning imkoniyatlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar, dars jarayonlarining guvohi bo'ldilar.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing