So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

30 okt 13:34
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida yangi suzish havzasi ish boshladi

Teglar :  Suzish havzasi
Bugun, 30 oktyabr kuni Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida yangi, zamonaviy suv havzasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tantanali marosimda Rossiya Federaciyasining O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'mindjanov, “Bilayn O'zbekiston” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy SHukov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqar ekan, ushbu suzish havzasi o'zbek sporti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, kelajakda bu erdan Olimpiya va jahon chempionlari etishib chiqishiga tilakdosh ekanligini aytib o'tdi.


Marosimda shuningdek, Vladimir Tyurdenev, SHarifjon Mo'mindjanov, Dmitriy SHukovlar ham so'zga chiqishdi va o'zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib o'tdilar.

Ochilish marosimidan so'ng suv havzasida suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Qayd etish lozimki, «Bilayn O'zbekiston» kompaniyasi ko'magi bilan barpo etilgan ushbu sport majmuasi Olimpiya standartlariga mos ravishda yaratilgan. Uzunligi 50 metr, kengligi 25 metrni tashkil etuvchi mazkur suzish havzasida jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni ham qabul qilish mumkin bo'ladi. Undan tashqari, binoda faqatgina suv konstrukciyasi mavjud bo'libgina qolmay, nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan o'quv sinflari, sport zali, tibbiyot xonasi ham mavjud. Musobaqalar vaqtida sportchilarni joylashtirish uchun ham sharoitlar yaratilgan.

Suv havzasi qurilishida Ispaniya va Daniyadan zamonaviy uskunalar keltirildi. Start nuqtasi, chiziqlar, bayroqchalar, zinapoyalar, havzaning pastki va chet devorlaridagi belgilar Xalqaro suzish federaciyasi – FINAning talablariga javob beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing