So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

16 jan 19:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Respublika Olimpiya zaxiralari maktab internati zamonaviy qiyofa ochmoqda

Teglar :  RUORMOQ
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari maktab internatining o'zbek sportida tutgan o'rni benihoya katta.

Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari maktab internatining o'zbek sportida tutgan o'rni benihoya katta. Ushbu dargoh terma jamoalarimiz uchun eng iqtidorli sportchilarni etishtirib beradigan maskandir. Biroq tan olish kerakki, so'nggi yillarda uning imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayapmiz. 

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov ushbu dargohga tashrif buyurib, uning hozirgi holati bilan tanishishdi. MOQ mutasaddilarini ROZMI direktori Farruh Mirboboev qarshi oldi.

Hozirda ROZMIning katta qismida qurilish-rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda. Avvalgi sport zallari yurtimizda koronavirus epidemiyasi kuchaygan paytda shifoxonalarga aylantirilgan edi. Hozir esa ularning o'rnida zamonaviy talablarga javob beradigan darajada rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda. Farruh Mirboboev hududda olib borilayotgan ishlar bilan MOQ rahbariyatini yaqindan tanishtirdi. O'z navbatida Rustam SHoabdurahmonov mazkur maktab internatining kelajakdagi faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bu dargoh o'zbek sportida katta ahamiyatga ega. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan hozirda katta hajmda qurilish ishlari olib borilmoqda. Yangi o'quv yilidan maktab internatiga qabul jarayoni va o'qitish tizimini Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda yangicha uslubda yo'lga qo'yamiz. Muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan innovacion g'oyalar va zamonaviy sport metodikalari bilan professional sportchilarni tayyorlash va o'qitish masalasiga jiddiy etibor qaratamiz”, – dedi MOQ raisi.

Tashrif davomida hududning har bir maydonidan unumli foydalanish, zamonaviy sport metodikalarini o'qitish tizimiga keng tatbiq etish, o'qituvchi va murabbiylar malakasini oshirish kabi masalalar bo'yicha atroflicha fikr almashildi. MOQ raisi sportchilar uchun ajratilgan yotoqxonalar, o'quv xonalari bilan yaqindan tanishib, mutatsaddilarga qo'shimcha ko'rsatmalar berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing