So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

15 iyu 13:01
Yangiliklar

Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. O'zbekistonga medal bilan qaytishi mumkin bo'lgan sportchilar - Vadim Menkov!

SHu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Bugungi qahramonimiz O'zbekiston kanoe terma jamoasi azosi, ikki karra jahon chempioni Vadim Menkov.


Vadim Menkov – 1987 yilning 12 fevral kuni Toshkent viloyatining To'ytepa shahrida dunyoga kelgan. Bu sport turi bilan 16 yoshidan professional tarzda shug'ullanishni boshlagan. Ilk murabbiyi Aleksandr Ponomaryov. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan. Faoliyatidagi ilk katta yutuqqa 2005 yili erishgan. O'sha yili u Malayziyaning Putrajaya shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida bir nechta medalni qo'lga kiritgan. Anirog'i, 2tadan oltin hamda kumush medalga sazovor bo'lgan. Oradan bir yil o'tib, jahon Kubogida ishtirok etgan. Aynan 2006 yili Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida bitta oltin va bronza medali bilan taqdirlangan. 2007 yilgi Osiyo chempionatida qitaning eng kuchli kanoechisi ekanligini yana bir bor isbotlab, ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. O'sha yili faoliyati ilk bor jahon chempionatida qatnashdi. Germaniyaning Duysburg shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida bir yo'la 6ta yo'nalishda startga chiqdi.



2008 yili to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ldi. Xitoy poytaxti Pekin shahri mezbonlik qilgan Olimpiadada 500 hamda 1000 metr masofaga o'tkazilgan yakkalik kanoe bahslarida o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. 1000 metr masofada o'tgan musobaqada unga birozgina omad etishmadi. U marra chizig'ini to'rtinchi bo'lib kesib o'tdi. O'sha yili mavsum yakunlariga ko'ra Vadim Menkov “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” unvoniga loyiq ko'rildi. Hamyurtimiz 2009 yili Datrmut shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida 1000 metr masofada oltin medalni qo'lga kiritdi. Jahon Kubogida ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. 2010 yili Poznan shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatining 1000 metr masofadagi bahslarida yana bir marotaba dunyoning eng kuchli kanoechisiga aylandi. 500 metr masofadagi musobaqada esa bronza medaliga ega bo'ldi. 2010 yilda Xitoyning Guanchjou shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida Vadim Menkovning ko'ksini oltin medal bezadi. 



Sahifamiz qahramoni 2012 yilgi London Olimpiadasida yana to'rtinchi o'rinni egalladi. Uning xalqaro musobaqalar, jahon va Osiyo chempionatlaridagi muvaffaqiyatlarini uzoq sanash mumkin.

Fursatdan foydalanib, biz Rio-2016 Olimpiadasida yurtimiz sport sharafini himoya qiladigan Vadim Menkovga omad yor bo'lishini chin dildan istaymiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing