So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

23 may 08:40
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

"Rolan Garros"ning bu yilgi mukofot jamg'armasi qancha? Nigina Abduraimova turnirdagi ishtiroki orqali mo'maygina pul ishlab olishi mumkin

28 maydan 11 iyunga qadar Parijdagi grunt kortlarida "Rolan Garros" katta dubulg'a turniri bo'lib o'tadi.

Barcha asosiy yo'nalishlar orasida Franciya Ochiq chempionati eng katta mukofot jamg'armasiga ega emasdir, ammo uning miqdori hali ham yirik bo'lib turibdi. Bu yil tennischilar ushbu musobaqadan qancha maosh ishlab olishlari malum bo'ldi. Oldingi turnir bilan solishtirganda umumiy summa 12,3 foizga oshgan va 49 600 000 evroni tashkil qilmoqda. Tashkilotchilar o'zlarining asosiy vazifasi sifatida tennischilar o'rtasidagi mablag'larni teng taqsimlash deb bilishadi. Saralash turniri ishtirokchilari, birinchi bosqichda mag'lub bo'lganlar va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun mukofot pullari esa oshirildi.

Bu yil, shuningdek, ayollar va erkaklar o'rtasidagi yakkalik turnirlaridagi mukofot pullari 9,1 foizga oshirildi, birinchi bosqichda mag'lub bo'lgan tennischilar o'tgan yilga nisbatan ko'proq mukofot puliga ega bo'lishadi. Bu bosqichdagi pul mukofotlari 11 foizdan 13 foizga oshirildi.




Yakkalik bahslaridagi umumiy sovrin jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:

  • CHempionlar — 2 300 000 evro (28 567 242 000 so'm)
  • Finalchilar — 1 150 000 evro (14 283 621 000 so'm)
  • Yarimfinalchilar — 630 000 evro (7 824 940 200 so'm)
  • CHorakfinalchilar — 400 000 evro (4 968 216 000 so'm)
  • To'rtinchi bosqich ishtirokchilari — 240 000 evro (2 980 929 600 so'm)
  • Uchinchi bosqich ishtirokchilari — 142 000 evro (1 763 716 680 so'm)
  • Ikkinchi bosqich ishtirokchilari — 97 000 evro (1 204 792 380 so'm)
  • Birinchi bosqich ishtirokchilari — 69 000 evro (857 017 260 so'm).

Tashkilotchilar uch raunddan iborat saralash bosqichining mukofot jamg'armasiga ham o'zgarish kiritdi. Bu bosqichda mag'lub bo'lgan tennischilar o'tgan yilgiga qaraganda 11,8 foiz ko'proq pul olishadi.

  • Saralashning uchinchi bosqichida mag'lub bo'lgan tennischilar — 34 000 evro (422 298 360 so'm)
  • Saralashning ikkinchi bosqichida mag'lub bo'lgan tennischilar — 22 000 evro (273 251 880 so'm)
  • Saralashning birinchi bosqichida mag'lub bo'lgan tennischilar — 16 000 evro (198 728 640 so'm).




  • Erkaklar va ayollar o'rtasidagi juftlik musobaqasi mukofot jamg'armasi ham o'zgarishlardan chetda qolmadi, endilikda juftlik vakillari o'tgan mavsumga qaraganda to'rt foizga ko'proq pul ishlab olishadi.

    • CHempionlar — 590 000 evro (7 328 118 600 so'm)
    • Finalchilar — 295 000 evro (3 664 059 300 so'm)
    • Yarimfinalchilar — 148 000 evro (1 838 239 920 so'm)
    • CHorakfinalchilar — 80 000 evro (993 643 200 so'm)
    • Uchinchi bosqich ishtirokchilari — 43 000 evro (534 083 220 so'm)
    • Ikkinchi bosqich ishtirokchilari — 27 000 evro (335 354 580 so'm)
    • Birinchi bosqich ishtirokchilari — 17 000 evro (211 149 180 so'm).

  • Aralash juftliklarda esa mablag'lar quyidagicha taqsimlanadi:

    • CHempionlar — 122 000 evro (1 515 305 880 so'm)
    • Finalchilar — 61 000 evro (757 652 940 so'm)
    • Yarimfinalchilar — 31 000 evro (385 036 740 so'm)
    • CHorakfinalchilar — 17 500 evro (217 359 450 so'm)
    • Ikkinchi bosqich ishtirokchilari — 10 000 evro (124 205 400 so'm)
    • Birinchi bosqich ishtirokchilari — 5 000 evro (62 102 700 so'm).
Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing