So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

14 may 08:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Rossiya sportchilar ittifoqi MOQning hamkorlaridan biriga aylandi

Teglar :  RossiyaMOQ
Rossiya Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Rodion Plituxin, “Rossiya sportchilar ittifoqi” tashkiloti prezidenti, erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni David Musulbes va uning o'rinbosari, qilichbozlik bo'yicha 2 karra Olimpiada chempioni Tatyana Logunova O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. SHundan so'ng O'zbekiston va Rossiya sportidagi do'stona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish mavzusida uchrashuv o'tkazildi.

Unda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi yurtimiz sporti faxriylari ham ishtirok etishdi. Suhbat avvalida Oybek Omilovich bunday faxriy mehmonlarni kutib olish va o'zaro do'stona aloqalarni yanada rivojlantirishdan mamnun ekanini bildirdi. 

MOQ Bosh kotibi mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan Olimpizm harakatini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar haqida ham malumot berdi. SHuningdek, poytaxtimizda o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida rossiyalik sportchilarning qayd etayotgan natijalarini yuqori baholadi.

O'z navbatida, mehmonlar ham ko'p yillik hamkorlikni davom ettirish rivojlanish sari qo'yiladigan yangi qadam bo'lishini takidlashdi. Xususan, bir qator loyihalarni amalga oshirish, ko'plab sport turlarida terma jamoalar o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, zamonaviy sportning ilm-fan yutuqlari bo'yicha tajriba almashish bo'yicha fikr yuritishdi.

Tadbir yakunida O'zbekiston sport faxriylari kengashi hamda “Rossiya sportchilar ittifoqi” o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Undan kelgusida har ikki mamlakat sport faxriylari ishtirokida tadbirlar tashkil etish, sport yutuqlarida ularning boy tajribasidan foydalanish kabi masalalar o'rin olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing