So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

26 fev 07:20
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Rossiyaga nisbatan navbatdagi sankciya: Fristayl bo'yicha Jahon kubogi ham bekor qilindi

Teglar :  Fristayl
CHelyabinsk viloyatidagi fristayl bo'yicha Jahon kubogi bosqichi xorijlik sportchilarning Rossiyani tark etish qarori tufayli bekor qilindi.

26-27 fevral kunlari CHelyabinsk viloyatida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan fristayl bo'yicha Jahon kubogi bosqichi xorijlik sportchilarning musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgani uchun o'tkazilmaydi.

"CHelyabinsk viloyatiga kelgan sportchilar turnirga tayyorgarlik sifatini yana bir bor yuqori baholab, mamlakatni tark etishga majbur bo'layotganliklari va musobaqalarda ishtirok etmasliklari uchun chuqur afsusda ekanliklarini bildirishdi.

O'z navbatida, CHelyabinsk viloyati Jahon kubogi bosqichi tashkilotchisi sifatida yorqin sport voqeasi bo'lib o'tmasligi haqidagi xabarni afsus va xafsala bilan kutib oldi. Ishonchimiz komilki, sport doimo siyosatdan chetda qolishi kerak. Afsuski, hamma ham bu poziciyani baham ko'rmaydi. Qiziqarli musobaqalar va haqiqiy sport bayramini ko'rishga hozirlik ko'rayotgan muxlislarga hamdardmiz. Xarid qilingan chiptalar uchun pul qaytariladi", - deyiladi tashkilotchilar rasmiy bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi oqibatida Rossiyada o'tishi rejalashtirilgan ko'plab musobaqalar bekor qilinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing