So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

27 jan 19:26
Yangiliklar

Tadbirlar

Rossiyalik olim O'zDJTSU professor-o'qituvchilari bilan tajriba almashmoqda

Teglar :  O'zDJTSU.Rossiya
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm universiteti SHarq yakkakurashlari va kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori SHiyan Viktor Vladimirovich taklif etildi.

So'nggi vaqtlarda mamlakatimizda ilmiy soha va ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirishga bo'lgan etibor keskin kuchaydi. Oliy talim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlarning ilm-fanni rivojlantirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti ham tashkil etildi. 

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm universiteti SHarq yakkakurashlari va kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori SHiyan Viktor Vladimirovich taklif etildi.

Mehmonni universitet rektori, professor Maxmudjon Boltabaev kutib oldi. Rossiyalik olim universitetning Talabalar madaniyat saroyi, talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

SHundan so'ng rossiyalik professor Viktor SHiyan ishtirokida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish yo'llari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi. 

Mahorat darslarida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor R. Matkarimov, professor F.Kerimov hamda universitet professor-o'qituvchilari, doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar ishtirok etishdi. 

SHuningdek, universitetning mustaqil izlanuchilaridan SH.Gaziev va B.Mirodilovlarning ilmiy ishlari ham xorijlik mutaxassis ishtirokida muhokama qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.

Eslatib o'tamiz, rossiyalik olim ishtirokidagi mahorat darslari joriy yilning 30 yanvar kuniga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing