So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

06 avg 16:18
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti, Suv sporti turlari

ROZKda "aqlli suv havzasi" barpo etiladi

Teglar :  Suzish
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yosh sportchilarni tayyorlash uchun mo'ljallangan "aqlli suv havzasi" qurilishi loyihasi taqdimoti o'tkazildi.

Suv havzasini loyihalashtirishda zamonaviy normativlar etiborga olingan, suvni tozalaydigan "aqlli" tizimdan foydalanish ko'zda tutilgan. 

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, CHilonzor tumani hokimligi vakillari, sportchilar va o'quvchilar ishtirok etdi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari O.Umarov va boshqalar zamonaviy texnologiyalar yosh sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekanini takidladi. Bu texnologiyalar yoshlarga o'z harakatlarini aniq bajarish, musobaqa chog'ida zarur strategiyani tanlash, natijalarini yaxshilash imkonini beradi. 

Ayni paytda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sportchilarni olimpiya normativlariga muvofiq tayyorlash talablariga javob beradigan yangi sport-sog'lomlashtirish kompleksi barpo etilmoqda. Buning uchun Ispaniya va Daniyadan zamonaviy jihozlar keltirildi. Start tumbalari, bayroq o'rnatiladigan ustunlar, zinalar, basseyn tubi va yon devorlarini belgilash moslamalari Xalqaro suzish federaciyasi talablariga mos keladi. Bularning barchasi bo'lajak olimpiyachilarni zamonaviy sharoitlarda tayyorlash imkonini beradi. 

SHuningdek, suv havzasi xavfsizligini taminlash va uning suvini tozalash tizimiga alohida etibor qaratilgan. Bu erda zamonaviy tozalash uskunasi va suvni tahlil qilish imkonini beradigan "aqlli" tizim o'rnatiladi. Suv havzasi zamonaviy isitish moslamalari bilan jihozlanadi va yil davomida faoliyat ko'rsatadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing