So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 dek 19:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!, Parij-2024

Ruslan yoki Mujibillo? Asadxo'ja yoki... Parij-2024 Olimpiadasi uchun licenzion musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini kimlar himoya qilishi mumkin?

XXXIII yozgi Olimpiada doirasida Franciya poytaxti Parijda 2024 yilning 27 iyul -10 avgust kunlari boks bellashuvlari o'tkaziladi.

Parij-2024 Olimpiadasi bellashuvlari doirasida boks janglarining saralash bosqichi "Paris Nord" arenasida tashkillashtirilsa, hal qiluvchi bellashuvlar mashhur "Rolland Garros Stadium" majmuasida o'tkaziladi.

Xabaringiz bor, Parij-2024 Olimpiadasi dasturiga ko'ra, boks bellashuvlari jami 13 ta vaznda (erkaklar 7 ta, ayollar esa 6 ta) bo'lib o'tadi.

Umumiy 248 ta bokschi ishtirok etadigan to'rt yillikning eng nufuzli turniriga allaqachon licenziyalar o'ynala boshlangan.

Bu yil turli qitalardagi sportchilar Osiyo o'yinlari, Evropa o'yinlari, Pan-Amerika o'yinlari, Afrika o'yinlari va Tinch okeani o'yinlari orqali licenziya yutishga harakat qilib ko'rdi.



Sentyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlari orqali O'zbekiston boks terma jamoasining 4 nafar azosi yozgi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgani yodingizda bo'lsa kerak:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do'smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

+92 kg: Bahodir Jalolov.

Ayollar:

-54 kg: Nigina O'ktamova.

Bundan kelib chiqadiki, 100 foizlik natija uchun terma jamoamizdan erkaklar o'rtasida 4 ta vazn (-63,5 kg, -71 kg, -80 kg, -92 kg), ayollar o'rtasida esa 5 ta vaznda (-50 kg, -57 kg, -60 kg, -66 kg, - 75 kg) licenziya qo'lga kiritish talab etiladi.



Oldimizda ikkita Jahon licenzion turniri kutib turibdi. Birinchisi 2024 yilning 29 fevral - 12 mart kunlari Italiyaning Busto Arzizio shahrida o'tkaziladi. Turnir orqali 28 nafar erkak sportchi, 22 nafar ayol sportchi yo'llanma yutib olish imkoniyatiga ega. Qisqa qilib aytganda, mazkur turnirda yarim finalga qadar etib borgan har to'rt nafar sportchi (erkaklar o'rtasida) Parij-2024 chiptasiga ega bo'ladi.

Oradan ikki oy o'tib, may oyida, aniqrog'i 23 may - 3 iyun kunlari esa Tailandning Bangkok shahrida ikkinchi Jahon licenzion turniri tashkil etiladi. Turnirda 45-51 ta yo'llanma o'ynaladi (Erkaklar 25-28 ta, ayollar 20-23 ta). Yani, ushbu turnirda vazn toifalaridagi yo'llanmalar soni bir-biridan farq qiladi.

Muhim eslatma sifatida takidlash joizki, licenzion turnirlarda har bir terma jamoa bitta vazn toifasida bir nafar bokschi bilan ishtirok etadi.



Xo'sh, O'zbekiston erkaklar boks terma jamoasi qolgan 4 ta vaznda licenzion turnirlar uchun qaysi bokschilarni jalb etadi? Buni quyida taxmin va tahlil qilamiz!

-63,5 kg:

Bu vazn toifasida 2023 yil bahorida Toshkentda o'tgan Jahon chempionatida Ruslan Abdullaev ishtirok etib, chempion unvoniga sazovor bo'lgan edi. Mundialdan so'ng bokschilarimiz sentyabr oyida Osiyo o'yinlarida ishtirok etganidan xabaringiz bor. Abdullaev o'shanda Xanchjoudagi musobaqada nimchorak finalda bo'lajak chempionga mag'lub bo'lgan edi. SHundan so'ng, bokschilar noyabr oyi oxirida O'zbekiston chempionatida ringga chiqishdi. Licenziya uchun ochiq bo'lib turgan vaznda Abdullaevdan tashqari, Mujibillo Tursunov ham bor edi. Bokschilar O'zbekiston chempionati finalida uchrashganda, Ruslan bir ovozdan g'alaba qozondi.

SHunday ekan, -63,5 kg vazn toifasida licenzion musobaqalarda kim ishtirok etishi 99,9% aniq: Ruslan Abdullaev. Jarohat yoki boshqa biror kutilmagan hodisa yuz bergan taqdirda, biz Mujibillo Tursunovni ko'rishimiz mumkin.



-71 kg:

O'zbek boksi uchun ayni damdagi eng "olovli" vazn, desak mubolag'a bo'lmaydi. Aslida, ushbu vaznda Toshkentdagi mundialda Saidjamshid Jafarov jang qilib, kumush medalga ega chiqqan edi. Osiyo o'yinlarida esa bu toifada -67 kg vaznda Jahon chempionligini qo'lga kiritgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev olib ketildi. Mo'ydinxo'jaev o'sha musobaqaning chorak finalida qozog'istonlik tajribali Aslanbek SHimbergenovga nokaut bo'lganini eslatishga hojat bo'lmasa kerak. 

O'zbekiston chempionatida ham bu vazn "yondi". Saidjamshid Jafarov, Iqboljon Xoldarov, Xavasbek Asadullaev va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev kabi bokschilar ishtirok etgan mahalliy turnirda yakunda Xavasbek Asadullaev g'olib bo'ldi. Uning finaldagi raqibi Asadxo'ja esa jarohat sabab hal qiluvchi jangda ringga ko'tarilmadi.

Bokschilarimiz licenzion musobaqalar oldidan 2024 yil fevral oyida "Stranja" musobaqasida ishtirok etishini inobatga olsak, O'zbekiston chempionatidagi natijalar hal qiluvchi rolni o'ynamasligi ham oydinlashadi.

SHaxsiy fikrimcha, bu vaznda Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev hozirda har qanday holatda ham boshqa bokschilardan bir bosh ustun hisoblanadi, aynan shuning uchun ham Olimpiada yo'llanmasi uchun unga andijonlik bokschi raqobat qilib ko'rsa kerak.



-80 kg:

Kishini o'ylantiruvchi yana bir vazn. CHunki bu divizionda yaqqol etakchi bokschimizning o'zi yo'q! 

Bu vazndagi asosiy nomzod sportchi bu: To'rabek Habibullaevdir. SHuningdek, Jasur Yo'ldoshev ham "Stranja" turnirida ishtirok etib, harakat qilib ko'rishi mumkin. Bundan tashqari, -86 kg vazndagi charm-qo'lqop ustamiz SHohjahon Abdullaev ham licenzion musobaqada ringga chiqishi mumkin. Ammo bu hodasining ehtimoli kam. Sababi, havaskor boksda har bir kilogramm muhim rol o'ynaydi. Vazn tashlash oson emas.

Taxminimcha, licenzion musobaqalarda yurtimiz sharafini To'rabek Habibullaev himoya qilishi ehtimoli 90%.



-92 kg:

Og'ir vazn toifasida terma jamoamizning eng ko'zga ko'ringan vakili, shubhasiz, Lazizbek Mullojonovdir. Jahon chempionati sovrindori hisoblanuvchi Lazizbek sentyabr oyidagi Osiyo o'yinlarida biroz muvaffaqiyatsiz natija qayd etdi. SHunga qaramay, u O'zbekiston chempionati finalida o'zining asosiy raqobatchilaridan bo'lmish Madiyar Saidrahimovni mag'lub etib, o'ziga bo'lgan ishonchni tiklab oldi.

Umuman olganda, yuqorida takidlaganimizdek, fevral oyida o'tkaziladigan "Stranja" turniri murabbiylar shtabi uchun licenzion turnirlarda ishtirok etuvchi bokschilar nomini aniqlashda yordam beradi. Biz esa nima bo'lgan taqdirda ham, o'z vaznining eng kuchlilari Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqishi tarafdorimiz. Zero, to'rt yillikning eng muhim musobaqasida delegaciyamiz hisobiga eng ko'p medallarni aynan bokschilarimiz taqdim etishi ehtimoli yuqori.



Vaznlar kesimida taxminiy nomzodlar: (IMHO)

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

-80 kg: To'rabek Habibullaev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov.


Muallif - Diyor Mavlonov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing