So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

16 mar 16:59
Yangiliklar

Stol tennisi

Saida Mahmudova: Sportchilarimizning salomatligi muhim​

Bugungi kunda dunyoni havfga solayotgan koronavirus (COVID-19) kasalligini yuqtirib olganlar soni 135 mingga, vafot etganlar esa qariyb 5 ming nafarga yaqinlashib qoldi.

Ayni kunlarda mazkur virus tarqalishining oldini olish maqsadida aksariyat mamlakatlarda ommaviy sayllar, sport musobaqalari, xalqaro anjuman va tadbirlar o'tkazilishi bekor qilinmoqda.

Jumladan, koronavirus sabab stol tennisi bo'yicha joriy yilning 22-29 mart kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o'tishi rejalashtirilgan jahon chempionati, 1-5 aprel kunlari Italiyaning Richchone shahridagi jahon pro-turi reyting musobaqasi, 21-23 aprel kunlari Eronning Tehron shahrida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati kvalifikacion turniri o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Mazkur musobaqalarning o'tkazilmasligi natijasida sportchilarimizning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo'lga kirita olmasligi, endilikdagi rejalar va koronavirusdan ularni saqlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan O'zA muxbiri O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida MAHMUDOVA bilan suhbatlashdi.

– Janubiy Koreya, Italiya va Eronda o'tishi kerak bo'lgan musobaqalar qachon va qaerda o'tkaziladi hamda bizning sportchilarimiz ishtiroki qanday bo'ladi?

– Mazkur musobaqalar o'tkazilmasligi bir qator sportchilar uchun qiyin vaziyat tug'dirdi. Hozirgi kunda yuqoridagi uch davlatda koronavirus jadallik bilan tarqalmoqda. SHu sababli ham Xalqaro stol tennisi federaciyasi tennischilarning salomatligini saqlash maqsadida ushbu musobaqalarni o'tkazmaslikka qaror qildi.

Sportchilarimiz ishtiroki haqida gapiradigan bo'lsak, agarda ushbu musobaqalar virusdan xoli davlatlarda o'tkazilsa, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi bilan maslahatlashgan holda yuboriladi. Biroq biz uchun eng muhimi sportchilar va bu orqali xalqimizning salomatligini saqlashdir.


– Yaqinda terma jamoa azolari Zohid Kenjaev va Rimma Gufranova Qatarning Doha shahrida o'tkazilgan musobaqada ishtirok etdi. Ularning ayni damda ahvoli qanday?

– Rimma va Zohid Toshkentga qaytgan kuniyoq tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Ularning ahvoli yaxshi. Bugunga qadar ularda hech qanday kasallik aniqlanmadi. Ayni paytda butun jahonga xavf solayotgan koronavirusdan sportchilarimizni saqlash, ularning salomatligini nazorat qilish maqsadida tibbiy tekshiruvdan o'tkazilmoqda.

– Darhaqiqat, bugun xalqimiz salomatligini saqlash eng muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Aytingchi, stol tennisi federaciyasida sportchilar salomatligiga etibor qanday?

– Federaciyamiz tashkil topgan dastlabki yillardan boshlab sportchilar salomatligi birinchi o'ringa qo'yilgan. Hozir esa bu etibor ikki barobar ortgan. Sportchilarimiz federaciya bosh shifokori tomonidan xar kuni mashg'ulotlardan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.

SHuningdek, istiqbolli tennischilarimiz yilda ikki marotaba Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi. Ko'rik natijasida aniqlangan organik yoki funkcional kamchiliklar MOQ mutaxassislari va bosh shifokorimiz tomonidan bartaraf etiladi.

– Oldinda turgan rejalar haqida to'xtalib o'tsangiz?

– Eng birinchi vazifa bu Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishdir. Hozircha Zohid Kenjaev va Rimma Gufranova yo'llanma olishiga umid qilayapmiz. Biroq ular reyting ochkolari uchun astoydil harakat qilishi kerak. Afsuski, hozirda bir qator reyting ochkolari beruvchi musobaqalar o'tkazilmaydigan bo'lib turibdi. Olimpiadaga esa vaqt kam qolgan.

Mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb etish orqali ularning salomatligini yanada mustahkamlash, ular o'rtasida iqtidorli yoshlarni saralab, o'zlari xohlagan sport turlari bo'yicha muntazam shug'ullanishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida bir qator ommaviy tadbirlar o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing