So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

11 avg 16:39
Yangiliklar

Stol tennisi

Saida Mahmudova terma jamoa azolarini shug'ullantirdi

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi, tajribali murabbiy Saida Mahmudova terma jamoa azolariga onlayn mashg'ulot o'tkazdi.

Har qanday sharoitda ham xohish bo'lsa, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishning imkoni bor. Bu esa ayni damda hukm surayotgan karantin davrida ham sportchilarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, uy sharoitida bo'lsa-da, sport bilan shug'ullanishlari uchun juda muhimdir.

Jumladan, Saida Mahmudova boshchiligida o'tgan stol tennisi bo'yicha mashg'ulotlar, tennischilarning jismoniy holatini yaxshilash va texnikalarini yanada oshirishga katta hissa qo'shdi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tavsiyasi bilan onlayn tarzda o'tgan mashqlarni stol tennischilar qunt bilan o'zlashtirdi. Mashg'ulotlar davomida tajribali murabbiya shogirdlariga kerakli tavsiyalari berib bordi.

– Doimo sport bilan shug'ullanish nafaqat professional sportchilarni balki, har bir insonni ruhan tetik, jismonan baquvvat qiladi. Ayniqsa, bugungi kunda ko'pchilik insonlar uy sharoitida qolmoqda. Bu esa kam harakatlik sabab yuzaga keladigan ortiqcha vazn to'planishi, yurak va qon tizimidagi kasalliklar, nafas olish kabi muammolarni keltirib chiqaradi. SHu sababli ham, biz doimo onlayn mashg'ulotlarni o'tkazib kelmoqdamiz. Mashg'ulotlar davomida sportchilarga nafaqat o'zlari, balki, yon-atrofdagi yaqin insonlarini sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlariga undamoqdamiz, – deydi S.Mahmudova. – Professional tennischilarimiz haqida to'xtaladigan bo'lsam, eng avvalo ularning ruhiy holatini bir maromda ushlab turishlari uchun, federaciyamiz ruhshunosi tomonidan haftada ikki marotaba psixologik treninglar o'tkazilayotgan bo'lsa, shifokorimiz har kuni ularning salomatliklarini nazorat qilib bormoqda. SHuningdek, har bir yosh toifasidagi terma jamoalarimiz murabbiylari tomonidan oldinda turgan musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlamoqda. Biz barcha sharoitga tayyor turishimiz kerak. Umid qilamizki, tez orada pandemiya ham tugaydi va barchamiz sport musobaqalarda ishtirok etamiz. Bu uchun men va shogirdlarim doimo tayyor.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing