So’nggi yangiliklar

19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0

23 noy 15:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Saidjamshid Jafarov O'zbekiston chempionatidan so'ng Dubaydagi "IBA Champions Night" oqshomida jang qiladi, raqib - Jahon chempioni

Joriy yilning 9 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha "IBA Champions Night" turnirining navbatdagi oqshomi o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangida rossiyalik Olimpiada chempioni Albert Batirgaziev uch karra Jahon chempioni, Kuba vakili Lazaro Alvares bilan to'qnash keladi. 10 raundlik jang engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Etiborlisi, ushbu musobaqa doirasida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov ham ringga ko'tariladi. Hamyurtimizga o'sha kuni yaponiyalik Jahon chempioni hamda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari g'olibi Sevon Okazava raqiblik qiladi.

Qizig'i, Saidjamshid BAAda tashkil etilgan o'tgan yilgi "CHempionlar oqshomi"da ham jang qilgan edi. Jafarov bilan birgalikda o'sha musobaqada yana bir bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga chiqib, g'alaba qozongan edi.

Malumot o'rnida, Saidjamshid Jafarov shu kunlarda Toshkentda davom etayotgan O'zbekiston chempionatida ishtirok etmoqda. U kecha ilk jangini Manguberdi Abdurasulovga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing