So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

05 may 08:31
Yangiliklar

Sport kurashlari

Salimboy Abduvaliev 72 yoshda!

Bugun O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi, O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, taniqli mecenat, iqtisodiyot fanlari nomzodi, Lyudvig Nobel mukofoti laureati Salimboy Abduvaliev qutlug' 72 yoshni qarshi oldilar.

Salimboy Abduvaliev - 1950 yil 5 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O'zbekning tanti farzandi, keng fel, chuqur mushohadali, qarashlarida shijoat barq urib turadigan Salimboy Abduvaliev 11 yoshidan Obid Nazirov ustozligida kurash sporti bilan shug'ullangan. Maktab davridayoq dastlab erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga,  Butunittifoq maktab o'quvchilari Spartakiadasida ishtirok etganidan so'ng esa Itttifoq o'smirlar terma jamoasi azoligiga qabul qilingan. O'smirlar o'rtasida besh karra O'zbekiston chempioni, SSSR sport ustasi.

1996 yilda Salimboy Abduvalievga O'zbekiston erkin kurash federaciyasini boshqarish topshirildi. Umidli kurashchilarni tayyorlash, moddiy taminotini bo'yniga olish, ularni yirik turnirlarda qatnashish shart-sharoitini tashkil qilish ishlari uning faoliyatiga aylandi. 

Respublikada xalqaro miqyosdagi katta turnirlar o'tkazish amaliyoti egallay boshlandi. Salimboy Qirg'izboevichning tashabbusi hamda homiyligi ostida 1997 yildan 2011 yilga qadar mamlakatimizda erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha “O'zbekiston Mustaqilligi” kubogi o'tkazildi. Uning moliyaviy ko'magi ostida  ko'plab musobaqalar tashkil etildi. Jumladan, erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati (Toshkent, 25-28 may 1999 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 19-21 fevral 2000 y.), yoshlar o'rtasida erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempionati (Toshkent, 9-13 avgust 2001 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 13-14 mart 2004 y.), erkin kurash  bo'yicha Jahon kubogi (Toshkent, 12-13 mart 2005 y.), yoshlar o'rtasida  erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 25-27 iyul 2008 y.), Singapurda o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga  erkin, yunon-rum kurashi bo'yicha saralash turniri (Toshkent, 30 aprel-2 may 2010 y.), ayollar va erkaklar o'rtasida erkin, hamda erkaklar o'rtasida yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 19-22 may 2011 y.), ayollar va erkaklar o'rtasida erkin hamda erkaklar o'rtasida yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempionati (Toshkent, 8-14 sentyabr 2014 y.), yunon-rum kurashi  hamda qizlar orasida erkin kurash  bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 10-13 may 2018 y.) kabilarni sanab o'tish mumkin.

Salimboy Abduvaliev sportga qo'shgan buyuk xizmatlari uchun 2000 yilda Xalqaro kurash federaciyasi (FILA) ning “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan. Unga O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda faol ishtirok etganligi munosabati bilan Mustaqillikning 1 yilligi, 10 yilligi, 15 yilligi, 20 yilligi esdalik nishonlari taqdim etilgan. 2019 yilda u O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni, 2021 yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi unvoni bilan taqdirlangan. O'zbekiston Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Milliy Olimpiya Qo'mitasining  faxriy yorlig'i, bir necha bor O'zbekiston sport qo'mitasining esdalik nishonlari berilgan. 2002, 2003, 2004, 2005 yillarda “Yilning eng yaxshi sport homiysi” sifatida etirof etilgan. Uning boshchiligidagi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bir necha bor O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasining “Yilning eng yaxshi associaciyasi” diplomiga sazovor bo'lgan. 

Salimboy Abduvaliev 2005 yilda Yunesko ordeni bilan taqdirlangan. 2006 yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasida nomzodlik dissertaciyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U Evropa texnika universiteti, Gannover universiteti (Germaniya) faxriy doktori (2002 y), Koreya Respublikasi Juseong talim kollejining professoridir (2006 y). Yaqinda Sankt-Peterburg shahrida Salim Kirgizbaevichga ancha nufuzli hisoblangan Lyudvig Nobel mukofoti tantanali ravishda topshirildi. 

Fursatdan foydalanib, murabbiylar, hakamlar, yurtimizning barcha kurashchilari nomidan Salimboy Abduvalievni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etamiz. Salimboy Kirgizbaevichga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlar, nabiralar rohatini ko'rib yurishlarini tilaymiz!

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing