So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

02 okt 07:27
Yangiliklar

Tadbirlar

Samarqandda bir guruh sport fidoyilari ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi

Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va manaviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog'lom va barkamol etib voyaga etkazishga qo'shgan salmoqli hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi bilan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan murabbiylar taqdirlandi.

Tadbirda «Jismoniy tarbiya va sport alochisi» ko'krak nishoniga sazovor bo'lgan bir guruh trener- o'qituvchi va murabbiylarni Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHuhrat Ro'ziev «O'qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami bilan samimiy tabriklab, barchalariga o'z minnatdorligini bildirdi hamda ko'krak nishonlarni topshirdi.

«Jismoniy tarbiya va sport alochisi» ko'krak nishoniga sazovor bo'lganlar quyidagilar:

Sobirov Olim Abdujalilovich - Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Bagirov Olim Xakimovich - Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji direktori

Gladkova Tatyana Sergeevna -Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining engil atletika bo'yicha bosh trener-o'qituvchisi

Maxadinov Alladin - Samarqand viloyati sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining futbol bo'yicha trener-o'qituvchisi

Soy Natalya Borisovna - Sportning eshkak eshish turlari bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar o'smirlar sport maktabi akademik eshkak eshish bo'limi yo'riqchi-uslubchisi

Mamatkulov SHarof Abduvaxopovich - Samarqand viloyati Bulung'ur tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori

Uzakov Akram Nurmuhamedovich - Samarqand viloyati Ishtixon tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining boks bo'yicha trener-o'qituvchisi

Abdurashitov Farit Akramovich - Samarqand viloyati Narpay tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Nabiev Firdavs Xamedovich - Samarqand shahar 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabining muaytay bo'yicha trener-o'qituvchisi

Xakimov Salom Karimovich - Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Samarqand filiali Jismoniy tarbiya metodikasi kafedrasi o'qituvchisi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing