So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

25 sen 10:10
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Samarqandda Osiyo chempionati yakunlandi + FOTO

Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan X Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.

Ikkinchi kungi bahslarda ishtirokchilar 10 kilometr masofaga suzishda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Ananaga ko'ra, birinchi bo'lib startga erkaklar chiqishdi. Mazkur musobaqada jami 21 nafar sportchi bahslarga kirishdilar. Ular orasidan uch nafar sportchimiz – Abdujalil Abdug'aniev, Nikita Kornilov va Bekmurod Kenjaev o'rin egallashdi.

Qizg'in kechgan bahslarning yakunlariga ko'ra birinchi bo'lib marraga yaponiyalik Taishin Minamide etib keldi. U belgilangan masofani 1 soatu 58 daqiqa 21.2 soniyada suzib o'tdi. Kumush medalni Xitoy Taypeyi vakili CHo CHeng CHi (1 soat 58 daqiqa 21.5 soniya) qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikka kunchiqar yurtning yana bir sportchisi Taiki Nonaka yakun yasadi. O'n kilometr masofani u 1 soatu 58 daqiqa 35.8 soniyada suzib o'tdi.

Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga Nikita Kornilov erishdi. Iqtidorli sportchimiz belgilangan masofani 2 soatu 20 daqiqa 40 soniyada suzib o'tib, 13-natijani qayd etdi.

Xotin-qizlar o'rtasidagi musobaqalarda jami 15 nafar sportchi bahslarga kirishdi. Mazkur musobaqada eng yuqori natija (2 soatu 07 daqiqa 27.2 soniya)ni qayd etgan Xitoy Taypeyi vakilasi YU Ven Teng Osiyo chempionidek sharafli nomga sazovor bo'ldi

Taqdirlash marosimida Osiyo suzish federaciyasi Bosh kotibi Taxa Al-Kishri, O'zbekiston sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, O'zbekiston suzish federaciyasi rahbariyati ishtirok etishdi.

SHu tariqa, ochiq suv havzasida suzish bo'yicha X Osiyo chempionati bahslari yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing