So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

03 noy 14:06
Yangiliklar

Engil atletika

Samarqandda “Samarkand half marathon” xayriya tadbiri o'tkazildi

1–3 noyabr kunlari Samarqand shahrida 5, 10, 21 km masofaga yugurish bo'yicha xayriya yarim marafoni o'tkazildi.

Mazkur tadbirda 20 ga yaqin mamlakat va respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahridan 3 000ga yaqin marafonchilar ishtirok etdi.

Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida o'tkazilgan marafonda ishtirokchilar Samarqanddagi 18 tarixiy obida bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. SHuningdek, 3 kun davom etgan tadbirda tasviriy sanat asarlarining taktil (qo'l bilan ushlab his qilish mumkin bo'lgan) ko'rgazmasi, “Beat films” kinofestivali va ko'zi ojiz insonlar uchun tiflosharhlash (ko'zi ojizlar uchun malumotni qabul qilish imkonini beruvchi usul) yordamida spektal sahnalashtirildi.

Marafonning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov so'zga chiqib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

– Sir emas, bugungi kunda jahon hamjamiyati aholining barcha qatlamini sog'lom turmush tarziga faol jalb qilishni o'zining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilab olgan. Bu bejiz emas, negaki har jihatdan sog'lom inson – uzoq va mazmunli umr kechiradi.

Aholini sog'lom turmush tarziga faol jalb etishning eng ommalashgan usullaridan biri – bu qisqa va uzoq masofalarga ommaviy yugurish musobaqalari bo'lib, bunda ishtirokchilarni yoshi chegaralanmaydi.

Inklyuziya – bu butun dunyoda ilgari surilayotgan ijtimoiy koncepciya bo'lib, unga asosan, salomatligidan qati nazar, har bir shaxsga jamiyatdagi moddiy va manaviy boyliklardan bahramand bo'lish va o'zini namoyon etish imkoniyati berilishi lozim. «Samarkand Half Marathon» loyihasining bosh maqsadi ham shu aslida.

Mazkur yarim marafonni o'tkazish uchun bejizga Samarqand shahri tanlanmadi. Nomoddiy madaniy merosimizning katta qismi aynan shu hududda jamlangan. Biroq bu boyliklardan hamma ham bemalol foydalana olmayotgani ham ayni haqiqat. Samarqand yarim marafoni tashkilotchilari esa ushbu loyiha orqali dunyo hamjamiyatining etiborini inklyuziya borasidagi muammolarga qaratishni o'z oldiga maqsad qilgan.

«Samarkand Half Marathon» loyihasi orqali millionlab insonlar mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga, aholi salomatligini mustahkamlashga berilayotgan etibordan voqif bo'lishdi. Qanchadan-qancha insonlar xayriya marafonida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurishdi.

Samarqand shahrida ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu marafon mamlakat ijtimoiy hayotidagi yirik hodisa bo'lib, u yurtimizda madaniy turizmni rivojlantirishga katta turtki beradi. Bu shunchaki yugurish musobaqasi emas, balki zamonaviy madaniyat, musiqa va talim dasturlarini o'zida mujassam etgan ulkan festivaldir, – dedi u o'z nutqida.

Qayd etish lozim, qizg'in va murosasiz kechgan mazkur marafonning 10 km masofaga yugurish bahsida 1-o'rinni qozog'istonlik Dmitriy Ivanchikov, 2-o'rinni O'zbekiston vakili Evgeniy Fadeev, 3-o'rinni qozog'istonlik  Mixail Krasilov qo'lga kiritdi. Ushbu masofada ayollar o'rtasida kechgan bellashuvda1-o'rinni qozog'istonlik Tatyana Mirazrav, 2-o'rinni Zarnigor Xudoyberdieva, 3-o'rinni Marina Xmelevskaya egalladi. Qayd etish lozim, mazkur masofada 1-o'rin sohibiga 6 million, 2-o'rinni egallagan sportchiga 4 million va 3-o'rinni band etgan sportchiga esa 3 million so'm mukofot puli taqdim etildi.

Eng uzoq 21 kmlik masofada hamyurtlarimizdan 1-o'rinni SHohrux Davlatov, 2-o'rinni Andrey Petrov va 3-o'rinni Bekzod Safarov band etdi. Ayollar o'rtasidagi bahsda esa 1-o'rinni Nurxon Muhriddinova, 2-o'rinni Ekaterina Tunguskovo va 3-o'rinni esa o'zbekistonlik Tamila Qo'chqorova egalladi. Ushbu masofada g'olib bo'lgan sportchilarga 12 million, 2-o'rinni egallagan atletlarga 8 million va 3-o'rinni egallagan ishtirokchilarga 8 million so'm taqdim etildi.

Eng qisqa 2 km masofaga mo'ljallangan yo'nalishida yugurish bahsida esa erkaklar o'rtasida g'oliblik Xurshid Ahmadalievga nasib etgan bo'lsa, 2-o'rinni Humoyun Mahmudov, 3-o'rinni Muhsin Abdulatipov qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing