So’nggi yangiliklar

16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0

26 dek 10:58
Yangiliklar

SHaxmat, Fotogalereya

Samarqandda shaxmat bo'yicha VI jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Bugun Samarqand shahrida shaxmatning blic va rapid yo'nalishlari bo'yicha VI jahon chempionati boshlanadi.

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) tomonidan 2017 yildan buyon har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan musobaqaning bu galgi bahslarida 52 mamlakatdan 338 nafar, jumladan, yurimizdan 33 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. 

Qatnashchilar orasida dunyo reytingida yuqori o'rinlarda borayotgan Magnus Karlsen, Yan Aleksandrovich, Fabiano Karuana, Nodirbek Abdusattorov, Levon Aronyan kabi etakchi shaxmat yulduzlari, chempionlar borligi VI jahon chempionati nufuzi balandligidan dalolat beradi.  

Umumiy sovrin jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur jahon chempionati dasturiga shaxmatning blic va rapid yo'nalishi kiritilgan bo'lib, FIDE reytingida 2550 (erkaklar) va 2250 (ayollar) reytingidan past bo'lmagan sportchilar ishtirok etishi belgilangan.  

CHempionatning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich, O'zbekiston shaxmat federaciyasi rahbari Alisher Sadullaev hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so'zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi.

O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov FIDEning mazkur nufuzli chempionati mamlakatimizda o'tkazilayotgani yurtimizda keyingi yillarda sportni, jumladan, shaxmatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanligini takidladi. Davlatimiz rahbarining alohida etibori va g'amxo'rligi tufayli bugungi kunda mamlakatimizda shaxmat turi ommalashib bormoqda. Buning natijasida sportchilarimiz Osiyo va jahon birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

– Markaziy Osiyo mintaqasida bugungi kunda shaxmatning rivojlanib borishida O'zbekistonning katta roli bor, – dedi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich. – Bu zaminda shaxmat bir necha asrlik tarixga ega. Biz O'zbekistonning boy shaxmat ananalarini hurmat qilamiz va uning yaqin orada shaxmat bo'yicha eng kuchli davlatlardan biriga aylanishiga ishonamiz.

Ochilish marosimi davomida badiiy dastur namoyish etildi hamda musobaqalarga qura tashlandi.

VI jahon chempionatining rapid yo'nalishi 26-28 dekabr kunlari 13 turda, blic yo'nalishi esa 28-30 dekabr kunlari 21 turda bo'lib o'tadi.

– SHaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha o'tgan yil Qozog'istonda o'tkazilgan V jahon chempionatida ilk bor qatnashgandim, – deydi shu yilning noyabr oyida shaxmat bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida chempion bo'lgan Afro'za Hamdamova. – Bu musobaqa men uchun tajriba to'plash uchun imkoniyat bo'lgandi. Yurtimizda o'tkazilayotgan chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rdim. Albatta, raqiblar nomdor va juda kuchli. SHunga qaramay musobaqalarda yaxshi ishtirok etib, kuchli o'nlikka kirishni maqsad qilganman.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing