So’nggi yangiliklar

13:58"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди? 0 13:36Расман! Дана Уайт яна бир қизиқарли жангни эълон қилди 0 13:1520 ёшли теннисчи ўз юртида биринчи титулини қўлга киритди 0 12:53Шаҳрам Ғиёсов Кроуфорднинг Мадримовдан ягона устун жиҳатини айтди 0 12:31ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион 0 12:10European Cup 2024. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48Каспер Рууд - учинчи бор Geneva Open ғолиби! 0 11:29Акбар Жўраев ва Ригина Адашбаева Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари йўлланмасига эга чиқишди 0 11:27Жаҳон чемпионатида сенсация - амалдаги чемпион Канада финалга чиқа олмади! 0 11:06Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади 0 10:45"Тарих яратиш учун!". Исроил Мадримов Кроуфорд билан жангга тайёрланиш учун АҚШга йўл олди (ФОТО) 0 10:39Камару Усман Дастин Порьенинг Ислам Махачевдан устун жиҳатини айтди 0 10:28Киз - Страсбург турнири чемпиони! 0 09:56Исроил Мадримов: «Вақти келди» 0 09:35Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди! 0

17 jan 16:31
Yangiliklar

Triatlon, Fotogalereya

Samarqandda triatlon bo'yicha "Challange Samarkand" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi + FOTO

Teglar :  Triatlon
2023 yilning 16 va 17 sentyabr kunlari barcha xohlovchilarga "Challange Samarkand" sport festivali uchun Silk Road Samarkand kompleksi o'z eshiklarini ochadi.

"Challange Samarkand" - bu "Challange Family" xalqaro brendi tarkibiga kirgan triatlon bo'yicha poyga. 

"Challange Family" - jahonning mashhur sport musobaqalaridan biri, ular butun dunyoning 30ta mamlakatida bo'lib o'tadi. Har yili "Challange Family"da 50 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashadi. 

"Challange Samarkand"ning suzish bosqichi Respublika eshkak eshish kanalida bo'lib o'tadi. Velobosqich ikkita aylanadan iborat bo'ladi. U "Samarqand Ipak yo'li" turistik kompleksida boshlanadi va eski shahargacha davom etadi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibi Honim maqbarasi va tarixiy Afrosiyob bozorini kesib o'tishadi. 

Yugurish bosqichi esa zamonaviy Silk Road Samarkand turistik kompleksida bo'lib o'tadi. 

"Challange Samarkand"da istalgan inson ishtirok etishi mumkin: Professional triatletlar, havason triatletlar, ayollar, bolalar va tayyorgarlikka ega istalgan odam. 

Sprint (Triatlon sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun

Sprint Relay (Jamoaviy sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun

Middle distance (O'rta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun

Middle distance Relay (Jamoaviy o'rta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun

Women's run (Ayollar uchun) - yugurish (5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun

Kids run (Bolalar uchun) - yugurish (200 m - 4-5 yosh), (400 m - 6-8 yosh), (600 m - 9-11 yosh)

Tadbirda 1700 atletlar qatnashishi kutilmoqda, uning kattagina qismi xorijdan keladi. Ro'yxatdan o'tish onlayn tarzda saytda amalga oshiriladi va 17 yanvardan 2023 yil avgust oyigacha davom etadi.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing