So’nggi yangiliklar

11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0 10:00Бугун финал! «Реал Мадрид» — «Боруссия» 0 09:39Қудратилло Абдуқаҳҳоров иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 09:17Йўғе?! Чжан Чжилей Уайлдердан 30 кг оғир чиқди! 0 08:45Ролан Гаррос. Карлос Алькарас учинчи даврада ғалабага эришди 0 08:23Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг бошқа муддатга қолдирилди 0 07:59Аббосбек Файзуллаев қайси чемпионатда ўйнаш истаги борлигини маълум қилди 0 07:32Яна битта ғалаба Навбаҳор Ҳамидовадага Олимпиада йўлланмасини тақдим этади 0 20:30Бивол: "Менда Саудия Арабистони билан шартнома бор. Шу ерда жанг қиламан" 0 20:09Япония терма жамоаси юлдузи АПЛга ўтмоқда 0 19:48Пауло Коста рақиби Шон Стрикленд ҳақида яхши фикрлар билдирди 0 19:27Шон Стрикленд Ислам Махачев борасида америкаликларга маслаҳат берди 0 19:06Тим Цзюнинг Ортисга қарши жанги бекор бўлди 0

04 jan 14:37
Yangiliklar

Tadbirlar

Samarqandlik sportchilar taqdirlandi

Teglar :  SarhisobSamarqand
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov olimpiya o'yinlari tarkibiga kiritilgan sport turlari bo'yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashdi.

E.Turdimov mamlakatimizda sportga berilayotgan etiborni alohida takidlab, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarga minnatdorlik bildirdi. 


Bunday uchrashuvlar orqali sportchilarni bo'lg'usi musobaqalar oldidan o'ziga xos ruhlantirish hamda yurtimizda yoshlarni sportga keng jalb etish asosiy maqsad ekanligini qayd etdi. SHuningdek, navbatdagi Olimpiya o'yinlarida samarqandlik sportchilar tarixiy g'alabalarni qo'lga kiritib, kirib kelayotgan 2021 yil Samarqand sporti yili bo'lib tarix zarvaraqlaridan joy olishi lozimligini takidladi.

SHundan so'ng, sportchilar va ularning murabbiylari viloyat hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


– Ayni paytda Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqalarga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, sport ustasi Navbahor Hamidova. 

– SHu paytgacha 4 karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritganman. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida ikkinchi o'rinni egalladim. 


Maqsadim Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishdan iborat. Bugungi tadbirda viloyat hokimi tomonidan bildirilgan yuksak etirof bizni yanada ruhlantirdi. Endi yanada ko'proq o'z ustimizda ishlab, bildirilgan ishonchga munosib g'alabalar bilan javob beramiz.

Tadbir yakunida koncert dasturi namoyish etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing