So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

13 apr 12:28
Yangiliklar

Sambo

Sambo bo'yicha bir guruh sportchi va murabbiylar taqdirlanadi

Teglar :  Sambo
So'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh, iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

SHu bilan birga xalqaro sport arenalarida vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarib kelayotgan iqtidorli sportchilarni rag'batlantirishga ham ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.

O'tgan yilning 3-9 noyabr kunlari Serbiyaning Novi-Sad shahrida sportning sambo turi bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida yuqori natija qayd etgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko'ra, oltin medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Boqiev Bahodir Narzullaevich hamda Hamroev Davlatjon Alisher o'g'li 10 000 AQSH dollari bilan,


Kumush medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Og'ajonova Ibodatxon Lochinbek qizi;

Yoqubov Nemat Isoq o'g'li;

Ro'ziev Furqat Iskandarovich;

Saidamatov Lutfulla Xayrulla o'g'li 5 000 AQSH dollari bilan,


Bronza medalini qo'lga kiritganligi uchun:

Gadoev Dilshod Aslam o'g'li;

Ernazarov Sarbon Solijon o'g'li;

Ziyaeva Gulnoza Mavlonkulovna;

Raxmonov Ulug'bek Avazjon o'g'li 2 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


SHuningdek, tayyorlagan sportchilari oltin medalni qo'lga kiritganligi uchun Ahmedov Umid Xamroqulovich hamda Jo'raev Farhod Ashurovichlar 3 000 AQSH dollari bilan, shogirdlari kumush medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Ahmedov Abdug'ani Hamroqulovich;

Jo'raqulov Xudoynazar Rajabovich;

Qoraboev Jahongir Sodiqovich;

Rasulov Bahrom Narimanovich 1 500 AQSH dollari bilan hamda shogirdlari bronza medalini qo'lga kiritganligi uchun Asrorov Sardor Mehroj o'g'li, Xalikova Xurshida Narzullaevna, Gulyamov Ravshan Toirovich hamda SHakirov Roman Ildarovichlarning ham har biri 1 000 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing