So’nggi yangiliklar

11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0 10:00Бугун финал! «Реал Мадрид» — «Боруссия» 0 09:39Қудратилло Абдуқаҳҳоров иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 09:17Йўғе?! Чжан Чжилей Уайлдердан 30 кг оғир чиқди! 0 08:45Ролан Гаррос. Карлос Алькарас учинчи даврада ғалабага эришди 0 08:23Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг бошқа муддатга қолдирилди 0 07:59Аббосбек Файзуллаев қайси чемпионатда ўйнаш истаги борлигини маълум қилди 0 07:32Яна битта ғалаба Навбаҳор Ҳамидовадага Олимпиада йўлланмасини тақдим этади 0 20:30Бивол: "Менда Саудия Арабистони билан шартнома бор. Шу ерда жанг қиламан" 0 20:09Япония терма жамоаси юлдузи АПЛга ўтмоқда 0 19:48Пауло Коста рақиби Шон Стрикленд ҳақида яхши фикрлар билдирди 0 19:27Шон Стрикленд Ислам Махачев борасида америкаликларга маслаҳат берди 0 19:06Тим Цзюнинг Ортисга қарши жанги бекор бўлди 0

06 iyu 12:40
Yangiliklar

Sambo

Sambo bo'yicha Jahon chempionati qahramonlari O'zbekistonda tantanali ravishda taqdirlandi

Teglar :  Sambo
Sambo bo'yicha Serbiyada o'tkazilgan Jahon chempionatida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar tantanali ravishda taqdirlandi

Avvalroq, 2020 yilning 3-9 noyabr kunlari Serbiyaning Novi-Sad shahrida sportning sambo turi bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida yuqori natija qayd etgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingandi.

Osiyo chempionatining ochilish marosimidan so'ng mukofotlar o'z egalariga topshirildi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov, shuningdek taniqli MMAchimiz Mahmud Muradov ishtirok etdi. 

Farmoyishga ko'ra, oltin medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Boqiev Bahodir Narzullaevich hamda Hamroev Davlatjon Alisher o'g'li 10 000 AQSH dollari bilan,


Kumush medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Og'ajonova Ibodatxon Lochinbek qizi;

Yoqubov Nemat Isoq o'g'li;

Ro'ziev Furqat Iskandarovich;

Saidamatov Lutfulla Xayrulla o'g'li 5 000 AQSH dollari bilan,


Bronza medalini qo'lga kiritganligi uchun:

Gadoev Dilshod Aslam o'g'li;

Ernazarov Sarbon Solijon o'g'li;

Ziyaeva Gulnoza Mavlonkulovna;

Raxmonov Ulug'bek Avazjon o'g'li 2 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


SHuningdek, tayyorlagan sportchilari oltin medalni qo'lga kiritganligi uchun Ahmedov Umid Xamroqulovich hamda Jo'raev Farhod Ashurovichlar 3 000 AQSH dollari bilan, shogirdlari kumush medalni qo'lga kiritganligi uchun:

Ahmedov Abdug'ani Hamroqulovich;

Jo'raqulov Xudoynazar Rajabovich;

Qoraboev Jahongir Sodiqovich;

Rasulov Bahrom Narimanovich 1 500 AQSH dollari bilan hamda shogirdlari bronza medalini qo'lga kiritganligi uchun Asrorov Sardor Mehroj o'g'li, Xalikova Xurshida Narzullaevna, Gulyamov Ravshan Toirovich hamda SHakirov Roman Ildarovichlarning ham har biri 1 000 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing