So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

31 mar 19:33
Yangiliklar

Sambo

Sambo bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlanmoqda: associaciya vakillari Urganchda

Teglar :  Sambo
Bugun Xorazm viloyati Urganch shahrida sambo bo'yicha o'smirlar va faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanishi haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.

SHu munosabat bilan, O'zbekiston sambo associaciyasi bosh kotibi va bosh murabbiyi Roman SHakirov, rais o'rinbosari Islom Adilov, ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Ekaterina Bliznecova musobaqa o'tkaziladigan Urganch shahriga etib borishgan. 

Associaciya mutasaddilari bugun Urganchdagi sambo zallarida bo'lishdi. Ularga O'zbek sambosining afsonalaridan biri Rahim Masharipov, shuningdek sambo bo'yicha Xorazm viloyati terma jamoasi katta murabbiyi Zafar Allaberganov hamroxlik qilishdi. 

Mutasaddilar u erda sambo to'garaklari mavjud bo'lgan sport zallari - Yakkakurashlar maktabi va "Dinamo" sport zalida bo'lishdi. U erda yosh sambochilar bilan suhbatlashishdi, tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Sportchilarga oldinda turgan musobaqa omad tilandi. 

SHuningdek, Rahim Masharipov yosh polvonlarga Xorazm viloyati sambo maktabi haqida gapirib berdi. 

Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston chempionatining tashkiliy masalalari hal qilinadi. Asosiy bellashuvlar 1 va 2 aprel kuni bo'lib o'tadi. Bahslar 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan, xamda faxriy sportchilar o'rtasida o'tkaziladi.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing