So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

19 fev 17:21
Yangiliklar

Sambo

Sambo bo'yicha O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Sambo
Xabar berib o'tganimizdek, bugun poytaxtimizda sambo bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

Bugun "Universal" sport saroyida musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. 

Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, bosh kotib Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Osiyo sambo uyushmasi raisi Alamjon Mullaev va va boshqalar ishtirok etishdi. 


Tadbirda so'zga chiqar ekan, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov yurtimizda sportga qaratilayotgan etibor, samboning rivojlanib borayotgani, ushbu musobaqa yangidan-yangi nomlarni kashf etishi haqida gapirdi. 


MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov esa barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

"Bugun katta sport bayrami. Sizlarni ko'rib havasimiz kelmoqda. Sport ananalari davom etayotgani bizni xursand qilmoqda. Sambo jasur yigit-qizlarimizning sporti hisoblanadi. Ushbu sport turi katta maktab, katta tarixga ega hisoblanadi. Musobaqada ishtirok etuvchi barchaga omad tilayman", - dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Ishtirokchilarning tantanali paradidan keyin estrada xonandalarining chiqishi, yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. 

Tadbirning badiiy qismidan so'ng O'zbekiston chempionatining birinchi kungi final bellashuvlari boshlandi. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing