So’nggi yangiliklar

12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0

24 apr 16:15
Yangiliklar

Sambo

Sambo bo'yicha Qashqadaryo viloyat IIB birinchiligi musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Sambo
Sambo bo'yicha Qashqadaryo viloyat IIB birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz» shiori ostida «Manaviyat oyligi» o'tkazilmoqda. 

Oylik rejasiga asosan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sport zalida boshqarma Kasbiy tayyorgarlik bo'limi taqvimiy rejasiga binoan ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida sportning sambo turi bo'yicha musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlar va Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va shahar-tuman ichki ishlar bo'limlari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar va polvonlar ishtirok etishdi.

Musobaqani Kasbiy tayyorgarlik bo'limi boshlig'i, podpolkovnik Komil Nazarov ochdi. Besh vazn toifasida o'zaro bellashgan polvonlar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g'oliblik uchun kurashdilar. Musobaqada har bir vazn bo'yicha gilamga chiqqan polvonlar orasida yangi sportchilar kashf etildi. Ayniqsa, bunda boshqarma Jinoyat qidiruv bo'limi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, patrul post xizmati bataloni, Jazoni ijro etish departamenti, moliyaviy taminot xizmati va tuman ichki ishlar bo'limi polvonlari ana shular jumlasidan.   Musobaqaning 71 kg IIV akademiyasi kursanti Ibragimov SHaxzod, 79 kg TVBSO xodimi katta serjant Tog'aev Javlon va 88 kg viloyat IIB Kasbiy tayyorgarlik xodimi leytenant Saidov Rustam 98 kg TVBSO xodimi kichik serjant Xolyorov Botir g'oliblikni qo'lga kiritdilar.  

+ 98 kg vaznda Kamashi tumani IIB xodimi katta leytenant Xurramov Qaxramon mutlaq g'olib bo'ldi. Navbatdagi sovrinli o'rinlarni Jinoyat qidiruv bo'limi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, patrul post xizmati bataloni, moliyaviy taminot xizmati va tuman ichki ishlar bo'limlari band etishdi. Umum jamoa hisobida birinchi o'rinni Viloyat IIB jamoasi, ikkinchi o'rinni Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi jamoasi, Koson tumani IIB jamoasi uchinchi o'rinni band etdi.  

G'olib polvonlar va jamoalarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing