So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

12 noy 13:40
Yangiliklar

Sambo

Sambo. Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi (batafsil)

Teglar :  Sambo
Bugun poytaxtimizdagi "Marriott Hotel" mehmonxonasida jahon chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Ushbu matbuot anjumanida Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov, Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev, mintaqaviy federaciyalar rahbarlari, O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov va boshqalar ishtirok etishdi. 

Tadbir avvalida FIAS prezidenti Vasiliy SHestakov O'zbekiston tomonga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi.

"Iyul oyida Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan tan olinganimizdan so'ng ilk marotaba jahon chempionati tashkil etmoqda. SHuning uchun ham bu musobaqa biz uchun o'zgacha ahamiyatli. 

Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Koronavirus sabab mezbon JCHni qabul qila olmadi. Alisher Alimov boshchiligidagi O'zbekiston sambo associaciyasi esa bunday vaziyatda masuliyatni o'z zimmasiga oldi. Buning uchun O'zbekistonga rahmat aytaman", - dedi SHestakov. 


Alisher Alimov: "Xalqaro sambo federaciyasi qo'llab-quvvatlovi bilan jahon chempionatini o'z yurtimizda, Toshkentda o'tkazishga muvaffaq bo'lmoqdamiz. Biz jahon chempionatini o'tkazishga tayyormiz. Bizda yirik musobaqalarni o'tkazish bo'yicha tajriba bor. Bungacha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgandik. Albatta kattalar o'rtasidagi jahon chempionati darajasi yuqori hisoblanadi. Ammo Xalqaro sambo federaciyasi, Osiyo sambo uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasining qo'llab-quvvatlovi bilan o'zimizga bildirilgan ishonchni oqlaymiz", - dedi Alisher Alimov. 


- Sambo 2028 yilgi Olimpiya o'yinlari dasturida bo'ladimi? Bu borada qanday qadamlar tashlandi?

- Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olinganimizdan so'ng biz bunga ishonmoqdamiz. Parijdagi Olimpiya o'yinlarida ko'rgazmali chiqishni amalga oshirmoqchimiz. Samboni rivojlantirish yo'lida AQSH tomon bilan ham hamkorlik qilmoqdamiz. Bizning mashhur sambo elchilarimiz bor. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan til topishgan holda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirishga harakat qilamiz. 


- Ushbu jahon chempionatining kelajakdagi ahamiyati qanday?

- XOQ musobaqani qanday o'tkazishimizni kuzatib turadi. FIAS nafaqat musobaqalar o'tkazadi, balki boshqa sport tadbirlarini ham tashkil etadi. Biz shuningdek sohil sambosi yo'nalishiga ham asos soldik. Bu tobora ommaviylashib bormoqda.


"Toshkentda yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari o'tkaziladi. Bugungi kunda O'zbekistonda sambo Osiyoda etakchilardan hisoblanadi. Turizm va sport vazirligi, shuningdek Milliy olimpiya qo'mitasi ham O'zbekistonda samboni qo'llab-quvvatlamoqda", - dedi Alamjon Mullaev.


- Amerika qitasining qaysi mamlakatlari ushbu JCHda qatnashadi?

- Masofa uzoqligiga qaramay, Dominikan Respublikasi, Trinidad va Tobago, Venesuela, Kosta-Rika, AQSH terma jamoalari O'zbekistonda bo'layotgan jahon chempionatida qatnashishmoqda. Koronavirus bilan bog'liq cheklovlar turli mamlakatlarda boshqacha. Bazi davlatlarda zallar ham ishlamayapti. Sambo sporti Panamerikada ham rivojlanib bormoqda.


- Afrikada ham sambo rivojlanmoqda. So'nggi yillarda Kamerun va Marokash sambochilari yaxshi natijalar ko'rsatishmoqda. Ular turli toifalarda JCH sovrindorlari bo'lishmoqda. Bu yil ham mana shunday yoqimli syurprizlar kutyapsizmi?

Dalil Skalli, Afrika sambo konfederaciyasi prezidenti:

- Eng avvalo mezbon O'zbekistonga, mamlakat sambo associaciyasiga iliq qabul uchun rahmat aytmoqchiman. Mana shunday mehmondo'st mamlakatda ekanligimdan xursandman. 

Yana shuni aytishni istardimki, hozirgi asosiy maqsadimiz - samboni Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish. Bu borada katta ishlar olib borilmoqda. FIAS rahbariyati, Qita sambo konfederaciyalari bilan birga o'z maqsadimizga erishamiz. Sport Olimpiya tomonidan tan olinishi - bu masuliyatni yanada oshiradi. Bunday yangi maqomda milliy federaciyalar ham mamlakatning qo'llab-quvvatloviga ega bo'ladi. Ayni paytda 35 ga yaqin mamlakat Afrika sambo konfederaciyasi azosi hisoblanadi. Qitada sambo rivojlanmoqda. 

Avvallari Afrika jamoalari musobaqalarga nomiga kelishgan bo'lsa, hozirda medallar uchun kurashishmoqda. Ular yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Ular haqiqatdan ham medallar uchun davogar hisoblanishadi. Yaqin yillarda ular asosiy davogar sifatida musobaqalarda qatnashishadi deb o'ylayman. Afrikaliklar Olimpiadada ko'plab medallar qo'lga kiritishmoqda, demak umid qilamanki ular samboda ham Olimpiadada yaxshi natijalar ko'rsata olishadi. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun Afrika nomidan rahmat aytaman. 


- O'zbekiston sambochilarining JCH uchun rejasi qanday? Qancha medal qo'lga kiritilishi kutilmoqda?

Alisher Alimov: Har bir associaciya (federaciya) ning, sportchining maqsadi bo'ladi. SHu qatorda O'zbekiston sambo terma jamoasi ham ushbu jahon chempionatiga jiddiy hozirlik ko'rdi. Buning uchun o'quv mashg'ulot yig'inlari o'tkazildi. Biz maksimal darajada yuqori pog'onalarni qo'lga kiritmoqchimiz. Sambo bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi jahon reytingida uchinchi o'rinni, yoshlarimiz esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Yaqin kelajakda biz natijalarni yaxshilamoqchimiz. Davlatimiz, turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan kerakli sharoitlar, mubolag'a bo'lmasa keragidan ortiq ham sharoitlar yaratib berildi. 

Maqsadimiz - maksimal darajada ko'p medal olishdir. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing