So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

27 noy 13:33
Yangiliklar

Sambo

Sambo: JCHdagi tarixiy natija, turizm va sport rivojiga hissa va xalqaro aloqalarni mustahkamlash

Teglar :  Sambo
SHu yilning 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahri sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Ortda qolgan jahon chempionati har qachongidan ham muvaffaqiyatli tashkil etildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugun ushbu jahon chempionati yakunlariga bag'ishlangan tahliliy maqolamizni etiboringizga havola qilamiz. 


Tarixiy natija

O'zbekiston sambo terma jamoasi azolari tarixda ilk marotaba umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Bungacha sambochilarimizning eng yaxshi natijalari 2020 yili Serbiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida qayd etilgandi. Vakillarimiz bu yil ushbu muvaffaqiyatli rekordni yangilashdi va o'zbek sambosi tarixida yangi sahifa ocha olishdi. Toshkent mezbonligidagi jahon birinchiligida sambochilarimiz 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Birinchi o'rinni Rossiya terma jamoasi egallagan bo'lsa, kuchi uchlikka Belarus sambochilari yakun yasashdi. 


Musobaqa yakunlariga nazar tashlar ekanmiz, erkaklar o'rtasidagi bahslarda rossiyaliklardan bitta oltin medalga qolib ketdik. Agar rossiyalik sambochiga qarshi kechgan final bellashuvlaridan   birini o'z foydamizga hal qilganimizda, erkaklar o'rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi bo'lardik. Mayli, yigitlarimiz ushbu muvaffaqiyatni keyingi jahon birinchiligiga olib qo'yishgan bo'lsa ajab emas. 




Turizm va sport rivojiga hissa

Bunday darajadagi mezbonlikdan yurtimizga tashrif buyurgan sambo oilasi vakillari - Xalqaro sambo federaciyasi rahbariyati, ishtirokchi mamlakatlarning sambo federaciyasi rahbarlari, delegaciya vakillari, murabbiylar va sportchilar xursand bo'lishdi. Ular uchun poytaximizdagi "Versal" restoranida maxsus bayram dasturxoni yozildi. SHaharni tomosha qilish uchun sharoitlar yaratib berildi. 16 noyabr kuni esa Buxoro shahrida "Xalqaro sambo kuni" nishonlandi. Ko'xna Buxoroda bo'lgan mehmonlar bir olam taassurotlar bilan o'z yurtlariga qaytib ketishdi. Yana shuni alohida takidlab o'tish lozimki, mazkur jahon chempionati munosabati bilan O'zbekistonga 1200 nafarga yaqin mehmon tashrif buyurdi va ular o'zbekona mehmondo'stlikni o'z ko'zlari bilan ko'rish imkoniga ega bo'ldilar. Bunday mezbonlik nafaqat sport, balki turizm rivojiga ham o'z hissasini qo'shmay qolmaydi. 


Xalqaro aloqalarni mustahkamlash

Jahon chempionati davomida yurtimizga Xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov, Rossiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va boshqa martabali mehmonlar ham kelishganligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Ular mazkur tashrif davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov qabulida bo'lishdi. Uchrashuvda shuningdek Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHaabdurahmanov ham ishtirok etdi. Vazirlik va MOQ mutasaddilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikni kuchaytirish, do'stona aloqalarini yanada rivojlantirish borasida fikr almashishdi. Uchrashuv davomida Xalqaro sambo federaciyasi rahbari bir yil ichida ikkita nufuzli musobaqa - sambo bo'yicha Osiyo chempionati va jahon chempionatiga mezbonlik qilgani uchun O'zbekistonga, hususan Alisher Alimov boshchiligidagi O'zbekiston sambo associaciyasiga alohida minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuvda 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga sambo sportini ham kiritish bo'yicha taklif bildirildi. 


Darhaqiqat, o'zbek sambosi Osiyo miqyosida etakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu sport turining Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olishi mamlakatimizning o'yinlardagi muvaffaqiyatli ishtirokiga o'z hissasini qo'shishi shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing