So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

15 okt 20:20
Yangiliklar

Sambo

Sambo. Qashqadaryoda sambochilar ezozlandi

Teglar :  Sambo
Sambo – jahon xalqlarining eng sevimli sport turlaridan sanaladi.

Mamlakatimizda ham mazkur sambo sport turi keng ommalashgan.  Birgina Qashqadaryo viloyatida ham  sambo mashg'ulotlariga zo'r berayotgan o'g'il -qizlar   milliy terma jamoa tarkibida  xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgani ayni haqiqat. Bugun viloyatda sambo bilan 500 nafardan ortiq yoshlar muntazam mashg'ulotlarga kirishgan. Ayni paytda Qashqadaryo viloyat sambo federaciyasi tomonidan aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida samboni keng ommalashtirishga,  yosh va iqtidorli sambochilarga alohida etibor qaratilgan.

Xususan, bugun 15 oktyabr kuni viloyat sambo federaciyasi raisi Sadulla Boboqulov boshchiligida Qarshi shahrida joylashgan “Sanam”tikuvchilik fabrikasida sambo bo'yicha milliy terma jamoa azolari, Osiyo chempionlari, joriy yil 2-8 noyabr kunlari Serbiya davlatida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida terma jamoa tarkibida yurtimiz sharafini himoya qiladigan qashqadaryolik Bahodir Boqiev (62 kg.), Musharraf Ibodullaeva (48 kg.),  Munisa Eshqulova(48) hamda ularning ustozi, viloyat sambo federaciyasi bosh murabbiyi Farhod Jo'raev ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.   

Federaciya raisi S. Boboqulov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir so'nggida  “Sanam” tikuvchilik fabrikasi rahbari F. Erkaev tomonidan sportchilarga qimmatbaho sovg'alar ulashildi. SHuningdek, fabrika tomonidan yosh sambochilarga Serbiyada o'tadigan jahon chempiontida munosib ishtirok etishlari uchun xomiylik tariqasida viza tulovlari ham amalga oshirildi. Bunday g'amxo'rlikdan ruhlangan terma jamoa azolari jahon chempionatida shohsupadan joy olib, mamlakatimiz bayrog'ini baland ko'tarishga vada berishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing