So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

11 iyu 19:48
Yangiliklar

Qiziqarli!, Sambo

Sambo sporti tarixi haqida nimalar bilasiz?

Sambo sporti haqida siz bilgan va bilmagan malumotlar.

Sambo sport bundan 100 yil avval yaratilgan. 1923 yil Viktor Spiridonov sportga yangi atama - “o'zini himoya qilish”(sambo)ni olib kirdi. SHu bilan birga, Vasiliy Oshchepkov Moskva jismoniy tarbiya institutida dzyudodan dars bera boshlaydi, ammo vaqt o'tishi bilan u yapon jang sanatidan uzoqlashib uni yanada yaxshilashga va samaraliroq qilishga harakat qildi. Asta-sekin Spiridonov va Oshchepkov o'z g'oyalarini birlashtirdi va yangi sport turining asoschilari: Anatoliy Xarlampiev hamda Evgeniy CHumakovlarning bevosita ishtirokida zamonaviy sambo sport turiga asos solishdi. Sambo 1938 yilda rasman sport turi sifatida tan olingan. Ushbu sport turi tez fursatda shuhrat qozondi. 1973 yildan boshlab sambo bo'yicha erkaklar o'rtasida jahon chempionati o'tkazila boshlandi. 1983 yildan ayollar o'rtasida xalqaro musobaqalar paydo bo'la boshladi. 

Xalqaro tarix davomida barcha musobaqalarda mahalliy sportchilar (ruslar) ustunlik qilishgan. Masalan, 1973 yilda bo'lib o'tgan birnchi jahon chempionatida SSSR terma jamoasi 11 toifada 10 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu ustunlik bugungi kunga qadar saqlanib turibdi. Xalqaro sambo federaciyasi rossiyalik sportchilar uchun sanksiya joriy etmagan kam sonli sport turlaridan biri hisoblanadi. Bishkekda bo'lib o'tgan so'nggi mundialda 21 vazn toifasida bellashuvlarda o'tkazildi. O'sha JCHda Rossiya terma jamoasi 13 ta oltin medalni qo'lga kiritdi va Rossiya azolari 2 ta vaznda medalsiz qoldi, xolos.

Sambo ko'plab rus sportchilari uchun MMA’ga poydevordir. Eng mashhur sambo ustalari aka-uka Emelyanenkolar hisoblanadi. Fyodor 10 yoshidan boshlab ushbu sport turi bilan shug'ullana boshlagan va ortidan ukasi Aleksandrni ham mashg'ulotlarga olib kelgan. 2012 yilgi Rossiya chempionatida ular finalda o'zaro to'qnash keladi va jang atigi 7 soniya davom etgan. Aleksandr sahnalashtirilgan duelda g'alabani akasi Fyodorga tortiq etadi. Ikkala sportchi ham bir necha marotaba jahon chempioni bo'lishgan. Mashhurlikka erishgan aka-ukalar keyinchalik aralash yakkakurashga o'tishdi.   

Samboga nisbatan o'z shogirdlariga mehr uyg'ota olgan mutaxassis Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov sanaladi. Uning shogirdlari orasida ko'plab jahon chempionlari va sovridorlari, etishib chiqqan. Jumladan, ayni dam engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev. Islam 2016 yilgi turnirda 74 kg vazn toifasida jahonda tengsiz deb topilgan edi. 

Habib Nurmagomedov ham sambo bo'yicha shug'ullangan bo'lishiga qaramay, rasmiy tarzda jahon chempioni bo'lmagan. U faqatgina ayrim kichik turnirlardagina g'olib bo'lgan. Biroq, Habib sambo olamida afsonaviy futbolkasi bilan mashhur bo'ldi. 2013 yil braziliyalik Tiago Tavaresga qarshi jang oldidan vazn o'lchash marosimida Nurmagomedov o'z futbolkasiga shunday yozuv yozdirgan edi: “Agar sambo oson bo'lganida, uni jiu-jitsu deb atashar edi”. Bu holat mahalliy muxlislarni anchagina g'azablantiradi, ammo “Burgut” futbolkasida ko'rsatilgan tezisni tasdiqlab qo'ygandi. 

So'nggi yillarda sambo o'zining avvalgi mavqeini yo'qotib qo'ydi. Balki, bunga rus sportchilarining xalqaro musobaqalardagi gegemonligi sababchidir. Ko'pgina sportchilar uchun Rossiya chempionati Evropa va jahon chempionatlaridan murakkabroqdir, chunki mamlakatda raqobat haddan ziyod kuchli.

Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing