So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

29 iyu 11:36
Yangiliklar

Kurash, Sambo

Sambo va kurash bo'yicha Jahon chempioni Akobir Qurbonovni tabriklaymiz!

Bugun milliy kurash hamda sambo bo'yicha jahon chempioni, Qurbonovlar sulolasi vakili Akobir Qurbonov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Akobir Qurbonov 1975 yilning 29 iyulida Buxoroda tug'ilgan. Sambo bo'yicha to'rt karra Osiyo chempioni, jahon Universiadasi g'olibi, jahon Kubogi sohibi, jahon chempioni. Milliy kurash bo'yicha jahon chempioni. “O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni hamda "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 

Sambo bo'yicha ikki karra jahon chempioni Sobir Qurbonov o'g'li Akobirda yoshligidan kurash va samboga qiziqish uyg'otdi. Yosh Akobirning 1995 yildan sportdagi yulduzli onlarni boshdlandi. CHunki u yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni (Bishkek), Novi-Sodda jahon Universiadasi g'olibi hamda Sofiyada jahon chempioni bo'ldi. 

Ayniqsa, uning Sofiyadagi ishtiroki diqqatga sazovor bo'ldi. U jarohat olganiga qaramay, chidam bilan oxirigacha kurashdi va shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. 1997 yil Akobir Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida kattalar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egalladi. Rossiyaning Kstova shahrida esa jahon kubogini qo'lga kiritdi. 1998 yili Toshkentda, 1999 yili Singapurda o'tgan Osiyo chempionatlarida unga bas keladigan raqib topilmadi. 

Kurash turlari mohiyatan bir-biriga yaqin. SHu bois Akobir sambodan tashqari, dzyudo va milliy kurash bo'yicha ham mamlakat chempionatlarida g'alaba qozongan. Ayniqsa, uning milliy kurash bo'yicha Toshkentda o'tkazilgan birinchi jahon chempionatidagi g'alabasi mamlakatimiz sport tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan. O'shanda buxorolik polvon biri-biridan chiroyli usullar qo'llab, raqiblarini mag'lub etgan, xorijlik mutaxassislar qalbida milliy kurashimizga nisbatan katta qiziqish uyg'otgandi. 

Fursatdan foydalanib, Akobir Qurbonovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing