So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

31 dek 08:24
Yangiliklar

Tennis, Dzyudo, Taekvondo, Suv sporti turlari

Sarhisob: 2019 yil Buxoro viloyati sportchilari uchun qanday keldi?

Teglar :  SportBuxoro
Yakunlanib borayotgan 2019 yilda buxorolik sportchilar Respublika, Osiyo va jahon miqyosidagi nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Ular turnirlarda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib, yurtimiz sharafini munosib ximoya qildilar. Viloyatda faoliyat yuritayotgan 59 ta sport federaciya, associaciya va bo'linmalarda barcha ishlar reja asosida tashkil qilingan bo'lib, sportchilar xar tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda. Bunga javoban atletlar nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelishyapti.

Bugungi kunda viloyatda 29 ta sport talim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Bu sport maskanlarida yoshlar sport bilan mukammal shug'ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Viloyatdagi 3478 ta sport inshootida 1180 nafar trener va 2192 nafar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari faoliyat olib bormoqda. Ularning qo'l ostida 134 608 nafar yoshlar (45 573 nafari qizlar) sport bilan muntazam shug'ullanib kelishyapti. Yakunlanayotgan yil davomida 1787 ta musobaqa va ommaviy sport tadbirlari o'tkazildi. Mazkur musobaqalarda 200 ming nafardan ortiq sportchi hamda xavaskor sportchilar ishtirok etdi.

2019 yilda buxorolik sportchilar Respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda 2077 ta medallarni qo'lga kiritishdi. SHundan, jahon chempionatlarida jami 37 ta (14 ta oltin, 9 ta kumush va 14 ta bronza), Osiyo chempionatlarida 107 ta (32 ta oltin, 39 ta kumush va 36 ta bronza), xalqaro turnirlarda esa 262 ta (89 ta oltin, 68 ta kumush va 105 ta bronza) medallar qo'lga kiritildi.

Viloyat sportchilari respublika miqyosidagi musobaqalarda jami 1671 ta (419 ta oltin, 460 ta kumush va 792 ta bronza) medallarni jamg'arib, bu borada yurtimizda peshqadamlar qatoridan joy olishdi.

Malumot o'rnida takidlash joiz, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport talim muassasalari tarbiyalanuvchilari 2019 yilda o'tkazilgan sport musobaqalarida 2077 ta medallarni qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing