06 iyu 06:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvaresning IBF kamariga majburiy davogar malum
Ikkinchi o'rta vazn toifasida IBF kamari majburiy davogarligi uchun saralash jangi bo'lib o'tdi.
CHempionlik kamariga majburiy davogar maqomini qo'lga kiritish uchun rossiyalik Evgeniy SHvedenko hamda kubalik Uilyam Skall o'zaro ringga ko'tarilishdi. To'liq 12 raund davom etgan jangda Skall ochkolar evaziga g'alaba qozondi – 117-111, 118-110, 118-110.
Endi kubalik bokschi Saul "Kanelo"ga qarshi chempionlik jangida ringga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar